Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
j
R R , ya’ni simning yuqori chastota tokiga R j qarshiligi yanada ortadi. «Yaqinlik effekti» karkas diametriga ham, sim diametriga ham bog‘liq. Karkas diametri qancha katta bo‘lsa, «yaqinlik effekti» ning ta’siri va yuqori chastota tokiga qarshilik shuncha kam bo‘ladi, demak, g‘altak asilligi ortadi. Sim diametri qancha katta bo‘lsa, tok taqsimotining «o‘roqsimonligi» 173 shunchalik kuchli, undagi sarf qarshiligi shunchalik yuqori va g‘altakning asilligi shunchalik kichik bo‘ladi. Chulg‘am simining diametrga bog‘liqlik chizmasida (8.5- rasm) sirt effekti va «yaqinlik effekti» ta’sirini yig‘ib shunday xulosaga kelish mumkinki, berilgan o‘lchamlarda simning yuqori chastota tokiga qarshiligining eng kichik qiymati R min ni olish uchun (g‘altakning eng yuqori asilligi) chulg‘am simning eng ma’qul diametrini tanlash kerak. Induktivlik g‘altaklarining temperatura barqarorligi ularning L induktivligi va Q asilligining temperatura ta’sirida o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Temperaturaga qarab g‘altak karkasining uzun- ligi va diametri o‘zgaradi, temperaturaning ortishi induktivlikni oshiradi, pasayishi esa — uni kamaytiradi. G‘altakning tempe- ratura barqarorligi miqdor jihatdan induktivlikning temperatura koeffitsiyenti ITK va induktivlikning temperatura nobarqarorligi (sikllimasligi) va induktivlikning ITNK bilan baholanadi: 8.4-rasm. «Yaqinlik effekti» da g‘altak simidagi tok taqsimoti. 174 ITK=L/(L 0 li; ITNK=100% ( 0 0 ' L L )/L 0 , bu yerda, L 0 — 20°C induktivlik, Gn; L — temperatura l ga o‘zgargandagi induktivlik o‘zgarishi (Gn); ' 0 L berilgan ish diapazonida temperaturaning bir qancha o‘zgarish sikllarini o‘tkazgandan so‘ng olinadigan 20°C dagi in- duktivlik (Gn). Nosikllilik g‘altak parametrlarining qaytmas geometrik o‘zga- rishlari, jumladan, g‘altak o‘ramining siljishi va deformatsiyasi oqibatidir. Keramik yoki polistirol karkas yoxud press kukundan qilin- gan karkasli bir qatlamli g‘altaklarda ITK=(50100)·10 -6 1/°C, ko‘p qatlamli g‘altaklarda esa, (100200)·10 -6 1/°C ga teng. No- sikllilik koeffitsiyentining qiymati foizning o‘ndan bir ulushidan tortib birlik foizlargacha boradi. Magnit o‘zakli g‘altaklarda 8.5-rasm. G‘altakning yuqori chastotali tokka qarshiligining chulg‘am simining diametriga bog‘liqligi. R R f min R f R 6 R n d d ort 175 ITK o‘ = ITK+TK o‘ (bu yerda, TK o‘ — o‘zakning amaldagi magnit singdiruvchanligining temperatura koeffitsiyenti). Bu formuladagi ikkinchi qo‘shiluvchi ko‘pincha birinchisidan katta bo‘lganligidan, o‘zakli g‘altakning temperatura barqarorligi o‘zaksiz g‘altaknikidan doim yomon bo‘ladi. Ferrit o‘zaklari bo‘lgan kichik o‘lchamli va jajji g‘altaklar induktivligining barqarorligi, odatda, past bo‘ladi. O‘zakning o‘ si qancha yuqori bo‘lsa, barqarorlik shuncha past bo‘ladi. Induktivlikning temperaturaga barqarorligini oshirish uchun KTR kichik bo‘lgan (keramika) karkas olinishi, simni karkasga zich qilib yopishtirilishi («qaynoq» o‘ram hosil qilish yoki keramik karkasga kumush yo‘lkalarni kuydirib qoplash) kerak. Shunday yo‘l bilan QT va UQT g‘altaklarida, induktivlik 10 mk Gn dan katta bo‘lmagan hollarda ITK =(5 10)·10 -6 1/°C ga erishishi mumkin. Ko‘p qatlamli g‘altak temirdan yoki alsifer- dan (ferritdan emas) qilingan o‘zaklar ishlatish yoki umuman o‘zak ishlatmaslik maqsadga muvofiqdir. Temperatura ta’sirida asillik o‘zgaradi. Buning sababi — sirtqi effekt va «yaqinlik effekti» bilan aniqlanadigan simning amal- dagi diametri yoki karkas diametrining o‘zgarishidir. Tempera- tura ko‘tarilganda asillik kamayadi, pasayganda esa u ortadi. G‘altakning xususiy sig‘imi karkas dielektrigi yoki sim izolatsiyasi orqali o‘ramlar orasidagi C 1 sig‘im va havo orqali o‘ramlar orasidagi C Lx sig‘imlardan tashkil topadi: C L =C L1 +C Lx . C L1 va C Lx sig‘imlar orasidagi o‘zaro nisbat o‘ramning turi va karkas shakliga bog‘liq. Bir qatlamli g‘altak silliq karkasli bo‘lsa, C L1 = (0,30,4)C L ; o‘yma karkaslisida (spiral ariqchali) C L1 =(0,60,8)C L ; qirrali karkaslisida C L1 =(0,20,3)C L ; karkas- sizlarida C L =C L1 ; ko‘p qatlamli g‘altakda C L1 =C L . G‘altakning tegishli sig‘imi o‘rash turi va o‘ramlar soniga bog‘- liq. Masalan, C L bir qatlamli odim g‘altak sig‘imi 0,5—1,5 pF, 176 bir qatlamli yaxlit g‘altakniki 3—5 pF, universal turidagisiniki 5—9 pF, ko‘p qatlamli oddiy g‘altakniki 20—30 pF bo‘ladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling