Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Kontur induktivlik g‘altaklari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
8.4. Kontur induktivlik g‘altaklari
Uzun va o‘rtacha to‘lqinlar induktivlik g‘altaklari press — kukun va termoplastik plastmassadan karkaslarda ishlanadi. Materialning turi, amalda, ularning elektr parametrlariga ta’sir etmaydi, ularni tanlash, asosan, ishlab chiqarishning texnologiyaboplik darajasi bilan aniqlanadi. Karkaslar shakliga ko‘ra silliq naychasimon, gardishli va seksiyalarga bo‘lingan, chulg‘amlar esa, odatda, ko‘p qatlamli bo‘ladi. «Uyulgan» chulg‘amda gardishli karkaslar ishlatiladi. Kons- truksiyasining yuqori bikirligini ta’minlovchi va qo‘shimcha gar- dishlarni talab etmaydigan «universal» turdagi chulg‘am eng ko‘p qo‘llaniladi. UT va O‘T diapazonidagi g‘altaklar uchun sim sifatida yakka tolali PELSHO, PELSHD, PEBO va PEB, shu- ningdek, PEL va PET simlari ishlatiladi. Asillikni oshirish uchun ko‘pincha ko‘p tolali, iðak tola izolatsiyali («linsentrat») LESHO simlari ishlatiladi. UT va O‘T diapazondagi g‘altaklardan ba’zilarining tuzilishi 8.6-a, b rasmda ko‘rsatilgan. Chulg‘am uchlarini karkaslarga mahkamlash uchun shtirlar 4 (shokildalar) presslanadi, ularga dastlab sim o‘raladi, so‘ngra qalaylanadi. Chulg‘am 3 li kar- kaslar 1 shassiga vintlar yordamida mahkamlanadi yoki, agar ekran bo‘lsa, uni kontur bo‘yicha siqib qo‘yiladi yoki gardish- larning bo‘rtiq joylariga qisib qo‘yiladi. Bu hollarda g‘altaklar ekran devoriga uchi yumaloqlangan shpilkalar (to‘gnag‘ichlar) yordamida mahkamlanadi. SR (silindrik, rezbali) turidagi o‘zaklar 2 uchun plastmassa karkas naychasida ichki rezba qilinadi. SSH (silindrik, shpilkalarda) 177 o‘zaklari uchun esa rezba ekranning yuqori qismida joylashgan. UT va O‘T diapazonlar g‘altaklarida alsifer, karbonil temir, ferrit va magnit o‘zaklar ishlatiladi. Ularning dastlabki ikkitasi yuqori barqarorlikka ega bo‘lib, tez ishlaydi. Metrli diapazon konturlarida ishlatiladigan qisqa va ultraqisqa to‘lqinlar induktivlik g‘altaklari birlik mikrogenri tartibidagi in- duktivlikka, 50—100 tartibidagi asillikka, 1—2 pF li xususiy sig‘imga va foizning o‘ndan bir ulushidagi aniqlikka ega bo‘lishi kerak. Buning uchun ularga o‘ramlar soni bir-ikki o‘nlikdan oshmasligi, karkas diametri 10—20 mm bo‘lishi, ishlatiladigan material esa, kichik li bo‘lishi kerak. Karkaslarni yuqori chastota dielektriklar IV—B guruh kera- mikasi, polietilen, polistiroldan tayyorlanadi. Yuqori asillik talab etilmagan hollarda press kukunlar (K21-22, AG-4) dan qilin- gan karkaslardan foydalaniladi. Karkaslar silliq nayzasimon 8.6-rasm. Kosasimon ferrit SB karkas o‘zakdagi va polietilen korpusdagi UT g‘altagi (a), SSH turdagi silindrik o‘zakli silliq plastmassa karkasdagi ko‘p qatlamli «betartib» chulg‘amli UT g‘altagi (b), rezbali «universal» turdagi UT g‘altagi (d): 1—karkas; 2—o‘zak; 3—chulg‘am; 4—shtir; 5—korpus. a b d 4 5 3 1 2 1 2 3 4 4 3 2 1 178 o‘yilgan va qovurg‘ali bo‘lishi mumkin. Qovurg‘ali karkaslar xususiy sig‘imni 0,5 pF gacha pasaytiradi, o‘yilganlari esa, odimli g‘altaklar (ariqchalarga sovuq holda zich o‘rash yoki qaynoq holda o‘rash, o‘yimlarga joylashtirilgan chulg‘am) bar- qarorligini oshiradi. O‘ram simlari sifatida QT diapazoni g‘altaklarida ikkita tolali emallangan PEL, PELU, PET va emallanmagan (izolatsiya- lanmagan) MM hamda MT mis simlari (odimli o‘ramlar uchun) ishlatiladi. Bu g‘altakdagi simlarning diametri UT va O‘T diapa- zonlar g‘altaklaridaginikidan, odatda, 10—20 marta katta bo‘lib, o‘rtacha olganda bir necha millimetrni tashkil etadi. Shunday bo‘lishi sirtqi effekt ta’sirini kamaytirish maqsadida asillikni oshirish uchun zarurdir. QT diapazonining ko‘pgina g‘altaklari bir qatlamli o‘ramga (yaxlit yoki odimli) ega. UQT diapazonida induktivlik g‘altaklari yana ham kichik induktivlikka, binobarin, o‘ramlar soniga ega. Ularni, odatda, yo‘g‘on izolatsiyasiz simni karkassiz o‘rash yo‘li bilan tayyor- lanadi. QT va UQT diapazonlarining o‘ziga xos g‘altaklaridan ba’zilarining tuzilishi 8.7- a, d rasmda ko‘rsatilgan. 8.7-rasm. Silliq naycha karkasdagi yaxlit, QT g‘altagi (a), o‘yilgan karkasda o‘yiqqa o‘ralgan chulg‘amli O‘QT g‘altagi (b) va karkassiz g‘altak (d): 1—karkas; 2—chulg‘am; 3—shassiga o‘rnatilgan elementi. a b d 3 2 1 1 2 3 2 3 1 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling