Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Bog‘lanish g‘altaklari. Variometrlar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
8.5. Bog‘lanish g‘altaklari. Variometrlar.
Yuqori chastotalar drosseli Bog‘lanish g‘altaklari alohida zanjirlar va kaskadlar orasida induktivlik bog‘lanish o‘rnatishda qo‘llaniladi. Bunday bog‘lanish to‘r va anod zanjirlari, baza va kollektor zanjirlari va boshqalarni o‘zgarmas tok bo‘yicha ajratish imkonini beradi. Bog‘lanish g‘altaklariga asillik va aniqlik bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yilmaydi, shuning uchun ularni ingichka simdan ikkita chulg‘am ko‘rini- shida va iloji boricha kichik o‘lchamda tayyorlanadi. Induktivlik va induktiv bog‘lanish koeffitsiyenti bog‘lanish g‘altaklarining asosiy parametrlari hisoblanadi. Induktivlik umumiy qoidalar bo‘yicha hisoblanadi. Induktiv bog‘lanish koeffitsiyenti 2 1 / L L M k , bu yerda, L 1 va L 2 — bog‘langan g‘altaklar induktivliklari (Gn); M — ular o‘rtasidagi o‘zaro induktivlik (Gn). Umumiy holda k bog‘lanish koeffitsiyentini aniqlash ancha qiyin, shuning uchun ko‘pincha, uni chulg‘amlarning joylashi- shiga qarab taxminiy baholanadi (8.8- a, e rasm). Variometr — ishlatilishi jarayonida konturlar chastotasini qayta moslash uchun induktivlikni o‘zgartirish mumkin bo‘l- gan g‘altak. Variometrning ishlash prinsiði ikkita g‘altak aylanganda 8.8-rasm. Chulg‘amli bog‘lanish g‘altaklari: a—ikkita bir qatlamli (k=0,9); b—bir qatlamli va ko‘p qatlamli (k = 0,5); d—bir qatlamli (ikkiga ayirilgan) va ko‘p qatlamli (k = 0,7); e—ikkita ko‘p qatlamli (k=0,3). a b d e 180 yoki ilgarilanma harakatlanganda, ular o‘rtasidagi bog‘lanish koeffitsiyentining o‘zgarishiga asoslangan. Birinchi hol O‘YCH diapazonidagi uzatuvchi qurilmalarga xosdir. Ketma-ket ulangan rotor va stator g‘altak magnit maydonlarining yo‘nalishlari mos kelganligi yoki qarama-qarshiligiga qarab ularning umumiy induktivligi maksimal yoki minimal bo‘ladi (8.9-rasm): ; 2 2 1 max M L L L ; 2 – 2 1 min M L L L bu yerda, L 1 va L 2 — stator va rotorning induktivligi (Gn). 8.9-rasm. O‘zagi aylanadigan variometr. 1—rotor; 2—stator. A-A 0 2 A 1 A N 1 N 2 L 1 A Yuqori chastotali g‘altak 181 Induktivlikka qarab variometr chastotasining to‘silish koef- fitsiyenti min max L L k bo‘ladi. Bunday konstruksiya uchun k = 45. Ikkinchi holda (8.10-rasm) g‘altak induktivligini o‘zgartirish uchun ferrit taglik 2 teshigiga P simon ferrit o‘zak 1 kiritiladi. To‘silish koeffitsiyenti = 1000 bo‘lgan holda 100 dan katta bo‘lishi mumkin. Yuqori chastota drosseli — yuqori chastota toki zanjiriga uning qarshiligini oshirish uchun kiritiladigan induktivlik g‘al- tagi. Bunda o‘zgarmas tok yoki past chastotali tokning qiymati o‘zgarmaydi. Drossellar yuqori chastota kuchaytirgichlari tok manbalarining filtrlash zanjirlarida qo‘llaniladi. To‘sish xusu- siyatlarini oshirish uchun drossel kontur g‘altaklariga nisbatan katta induktivlikka va ancha kichik sig‘imga ega bo‘lishi kerak. Drosselning rezonans chastotasi konturda ajraladigan ish signal chastotasidan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu holda drossel yuzlab mikrogenri tartibidagi induktivlikda O‘YCH konturlarining yechim zanjirlarida samarali bo‘lishi mumkin. Konstruksiyasi jihatidan 8.10-rasm. Ilgarilama harakatlanuvchi o‘zakli variometr: 1—o‘zak; 2—brusok-taglik. 2 1 182 yuqori chastota drossellari istalgan karkasga o‘rash yo‘li bilan tayyorlanishi mumkin, masalan, simsiz rezistorlar asosiga, bir qatlamli yaxlit g‘altaklar yoki «universal» turdagi g‘altaklar ko‘ri- nishida. Sanoatda ishlab chiqariladigan drossellar ferrit sterjen- lariga o‘raladi va plastmassa bilan presslanadi, ularning induktiv- ligi yuzlab mikrogenri — birlik milligenrilarni tashkil etadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling