Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
l/l, %,
Kadmiyli bronza (0,9 % Cd) 4 50 gacha 1050 gacha 310 Qattiq kuydirilgan 83—90 95 Bronza (0,8 % Cd, 0,6 % Sn) 4 55 gacha 730 gacha 290 Qattiq kuydirilgan 50—55 55—60 Bronza (2,5% Al, 2% Sn) 4 45 gacha 970 gacha 370 Qattiq kuydirilgan 15—18 15—18 Fosforli bronza 7 % Sn, 0,1 % P 3 60 gacha 1050 gacha 400 Qattiq kuydirilgan 10—15 10—15 Latun (30 % Zn) 5 60—70 gacha 880 gacha 320—350 Qattiq kuydirilgan 25 25 37 Bu natijani shartli ravishda teng o‘tkazuvchanlikni ta’min- laydigan aluminiy simlarning mis simlarning og‘irligidan ikki marta yengilligi bilan izohlash mumkin. Bu vaqtda aluminiyning bir tonnasi misnikidan ikki baravar qimmatligini va misga nisbatan kamyob materialligini ham e’tibordan chetda qoldir- maslik kerak. Elektrotexnik maqsadlarda A1 markali aluminiy ishlatiladi, undagi kiritmalar miqdori 0,5 % dan oshmaydi. Yanada sof aluminiy AV00 markali bo‘lib (kiritmalar miqdori 0,03 % dan oshmaydi), aluminiyli folga, elektrolit kondensatorlarning kor- pusi va elektrodlarini yasashda qo‘llaniladi. Aluminiyni tekis- lash, cho‘zish va kuydirish jarayonlari misnikidagi amallarga aynan mos keladi. Aluminiydan qalinligi juda yupqa bo‘lgan (6—7 mkm gacha) qog‘ozli va pardali kondensatorlarda obkladka sifatida ishlatiladigan folga ishlab chiqarish mumkin. Mazkur material kondensatorlar yasash mumkin bo‘lgan boshqa metallar (masalan, nikel, xrom)ga nisbatan kam miqdorda qisqa tuta- shuvlarga olib keladi. Bu holat aluminiyning ancha past bug‘lanish temperaturasiga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Aluminiy — integral mikrosxemalar (IMS) asosi va kristall sirtida diod va tranzistorlarning chiqishlari, kontakt yuzalar, sxemaning ichki bog‘lanishlarini hosil qilish jarayoni — me- tallizatsiyalashda qo‘llaniladi. Bu vaqtda aluminiy qalinligi 0,5 dan 2 mkm gacha bo‘lgan parda ko‘rinishida bo‘ladi. Metallizatsiya uchun oltin, nikel, qalay, kumush, xrom, aluminiy va Or-Au, Ti-Au, Mo-Au, Ti-Pt-Au va h.k. tizimlar qo‘llanilishi mumkin. Kremniyli IMSlarda metallizatsiya sifatida aluminiy ko‘proq qo‘llaniladi, chunki u quyidagi sifatlarga ega: — yupqa parda sifatida surtilgan aluminiy, hajmiy material o‘tkazuvchanligiga yaqin bo‘lgan yuqori o‘tkazuvchanlikka ega; 38 — kremniy nisbatan yaxshi adgeziyaga ega; — vakuumda bug‘lanadi; — yetarli darajada egiluvchan bo‘lib, temperaturaning davriy o‘zgarishlariga bardoshli; — arzon narxga ega. Metallizatsiya vakuumda termik bug‘lanish usuli bilan amalga oshiriladi. Aluminiy havoda yupqa oksid parda orqali aktiv oksid- lanadi. Bu parda aluminiyni keyingi yemirilishlardan saqlaydi, katta o‘tish qarshiligini hosil qilmaydi. Shuning uchun mikro- sxema kontakt sirtlari bilan tashqi chiqishlarni birlashtirish ultratovush payalnigi yoki maxsus pastalar — kavsharlarni qo‘llash yordamida payvandlash bilan amalga oshiriladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling