Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Qo‘rg‘oshin. Qo‘rg‘oshin — yumshoq, egiluvchan, yuqori
solishtirma qarshilikka ( = 0,21 mk · m), kichik mustahkam- likka ega bo‘lgan metall. Yemirilishlarga nisbatan juda yuqori bardoshlilikka ega, suv, oltingugurtli va tuzli kislotalar va bir qator ta’sirlarga bardoshli. Katta miqdordagi qo‘rg‘oshin elektr kabellarini namlik ta’siridan himoyalovchi izolatsiyalar, qobiqlar sifatida keng qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin yumshoq saqlagichlar yasashda ham ishlatiladi, chunki ancha past erish temperaturasiga (327°C) ega. Qalay. Qalay — yumshoq, cho‘ziluvchan metall bo‘lib, undan qalinligi 6—8 mkm bo‘lgan yupqa folga olish mumkin. 15 % qalay va 1 % surma kiritmali folga ba’zi turdagi sludali konden- satorlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Katta miqdordagi qalay bronza va kavsharlar yasashda ishlatiladi. Rux. Rux — elektrolitik tozalanadigan metall. Rux latunning tarkibiy qismi, himoyalovchi qobig‘i sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, rux fotoelementlarda va kichik o‘lchamli metall-qog‘ozli kondensatorlarning qog‘ozini metallashtirishda ham qo‘llaniladi. 40 Qog‘ozga metall qatlamini surtish 600°C temperaturada vakuumda ruxni bug‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kadmiy. Kadmiy — rux kabi elektrolit tozalanadigan metall. Fotoelementlar va o‘ta yuqori chastota tolalarini kumush o‘rniga qobiqlash uchun qo‘llaniladi. Kadmiy bir qator bronzalar va kavsharlar tarkibiga kiradi. Indiy. Indiy — past erish temperaturasiga (156°C) ega bo‘lib, yarimo‘tkazgichli diod va tranzistorlar ishlab chiqarishda kontakt material va akseptor kiritma sifatida qo‘llaniladigan metall. Galliy. Galliy — deyarli xona temperaturasida (29,7°C) eriy- digan metall. Indiy kabi u ham yarimo‘tkazgichli texnikada germa- niy uchun akseptor kiritma sifatida ishlatiladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling