Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.I. Mahmudov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI ELEKTRORADIO ASHYOLAR VA TIBBIYOT TEXNIKASINI TA’MIRLASH MANBALARI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016 R. S. MARDONOV 2 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan. UO‘K: 612.014.421(075) KBK: 32.843 M26 ISBN 978-9943-16-246-4 © R. S. Mardonov, 2016-yil © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-yil. Ò a q r i z ch i : M.I. Mahmudov — Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti «Elektroenergetika» kafedrasi mudiri: Mazkur darslikda elektroradio va tibbiyot texnikasida qo‘llani- ladigan dielektrik, yarimo‘tkazgich, elektr o‘tkazgich va magnit materiallarning tuzilishi, ularda sodir bo‘ladigan hodisalarning fizik asoslari yoritilgan. Elektr xususiyatlari, ularning chastotaga bog‘liqligi ko‘rilgan, fizik-kimyoviy va mexanik tavsiflari keltirilgan. Elektroradio va tibbiyot texnikasida qo‘llaniladigan radiotexnik materiallar va ulardan turli detallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari qisqa yoritilgan. Elektron asbob va qurilmalarni mikrominiatur (kichik o‘lchamlarda) tayyorlashda zarur bo‘ladigan turli materiallarning xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Elektroradio va tibbiyot texnikasida elektronika passiv elementlari: rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g‘altaklari, transformator va drossellar, almashlab ulagichlar, filtrlarning tasniflari, asosiy para- metrlari va tavsiflari haqida to‘liq ma’lumotlar to‘plangan. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan rasmlar va jadvallar uning matnini to‘ldiradi. O‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlarining «Asbob- sozlik» yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. 3 KIRISH Ma’lumki, radioning kashf etilishi fan va texnika rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Zamonaviy elektroradio va tibbiyot texnikasining ahamiyati radioeshittirish va aloqa bilan chega- ralanmaydi, balki uning negizida boshqa yondosh sohalar ham rivojlanmoqda, misol tariqasida tibbiyot texnikalarida qo‘llanishini keltirish mumkin. Ishlab chiqarish, ilmiy va kundalik hayotga axborot texnologiyalari kundan kunga ko‘proq kirib bormoqda, axborot qabul qiluvchilarga ma’lumotlar yangi usullarda — elektron pochta, Internet va h.k. orqali yetkazilishi kuzatilmoqda. Axborotlar oqimini uzatishning yangi usullari axborotlarni tarqatish, optik tolali aloqa liniyalari hamda sun’iy yo‘ldoshlar orqali uzatish tarmoqlaridan foydalanishni talab qiladi. Ilgari elektroradio va tibbiyot texnikasi rivojlanishi uchun ko‘plab katta detallar va qurilmalar kerak bo‘lar edi. Ular qo‘pol, katta hajmga ega, og‘ir, yetarlicha ishonchlilikka ega bo‘lmay, ishlab chiqarishda katta xarajatlar talab etar edi. Texnikaning jadal rivojlanishi natijasida yangi yo‘nalish — mikroelektronika yuzaga keldi. Mikroelektronika — integral sxemalar va ular asosida radioelektron qurilmalarni tadqiq etish, konstruksiyalash va ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan elektroni- kaning zamonaviy yo‘nalishidir. Mikroelektronikaning asosiy vazifasi ishonchliligi va takrorlanuvchanligi yuqori, arzon, kam energiya talab qiladigan va yuqori funksional murakkablikka ega mikrominiatur qurilmalar hosil qilishdan iborat. Bu jarayonni faqat elektron sxemalardagi energetik jarayonlarni minimizatsiya- lash asosidagina amalga oshirish mumkin. Bu masalani hal 4 qilishning bir necha usullari mavjud: detal va elementlar o‘l- chamlarini kichraytirish; yangi elementlar yaratish (yarimo‘tkaz- gichlar, aktiv dielektriklar, ferritlar); elementlarni ratsional joy- lashtirish; osma bog‘lanishlarni bosma montajlari bilan almash- tirish (fotolitografiya, vakuumli purkash va boshqa usullar bilan), elementlarga bir xil shakl va o‘lchamlar berish yo‘li bilan (modullar va mikromodullar); pardali texnologiya yoki yarim- o‘tkazgich material sirtini qayta ishlash — qattiq sxema hosil qilish asosida elementlar, qismlar va yaxlit (integral) sxemalar yaratish. Mikroelektronikaning ko‘pgina masalalari yarimo‘tkazgich va dielektrik moddalar yordamida hal qilinadi. Chunki ularda elektr o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan kontakt sohalarni olish imko- niyati mavjud. Radioelektronikaning barcha materiallarining konstruktiv belgilariga binoan: elektrotexnik, konstruksion va maxsus elektro- texnik materiallarga; elektr maydonidagi xususiyatlariga binoan: elektr o‘tkazgich, dielektrik va yarimo‘tkazgich; magnit maydo- nidagi xususiyatlariga binoan esa magnit va nomagnit materiallarga ajratish mumkin. Elektroradio va tibbiyot texnikasining rivojlanishi yuqori texnologiya asosida radiotexnik materiallar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Zamonaviy texnik tizimlar yaratish uchun nochiziqlik xususiyatiga, kuchaytirish va xotiraga ega bo‘lgan element bazasi zarur. Ilgari bu maqsadda yarimo‘tkazgich va dielektrik materiallar qo‘llanilgan vakuum lampalar, keyin esa yarimo‘tkazgich aso- sidagi elementlar bazasi, hozirgi kunda esa qattiq jism, gaz, plazma va hatto yadro hamda elementar zarrachalar fizikasi, kimyosi kabi butun klassik va yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlari qo‘llanilyapti. 5 I BOB. ELEKTRORADIO ASHYOLARNING ASOSIY Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling