Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Namlik xossalari. Ko‘pgina elektroizolatsion materiallar
gigroskoplik xossasiga, ya’ni tashqi muhitdan namlik yutish va namlikni singdirish, ya’ni o‘zidan namlik o‘tkazish xossasiga egadir. 15 Atrof-muhitning o‘zgarmas nisbiy namlik va temperaturasi da gigroskopik materiallar teng namlik qiymatiga, ya’ni mate- rialning birlik massasida bir xil namlik darajasi ga egadir. Agar namunaning birlamchi namligi materialning teng namlik qiymati p dan ortsa, namlik kamayib boradi va o‘zining teng namlik qiymati p ga yaqinlashib boradi va aksincha. Turli materiallar uchun atrof-muhit namligi bir xil bo‘lgan sharoitda teng namlik kattaligi qiymati keskin farqlanadi (1.1-rasm). Materialning gigroskopligi uning tuzilishiga bog‘liq. G‘o- vaklari ko‘p bo‘lgan, xususan, tolali materiallar, zichligi yuqori bo‘lgan tekis tuzilishga ega bo‘lgan materiallarga nisbatan gigros- kopligi yuqori bo‘ladi. Materialning gigroskopligi qaysidir ma’noda elektroizolatsion material nam bo‘lganda uning elektr xossalari 1.1-rasm. Turli materiallarning bir xil namlik qiymatida havoning nisbiy namligi. 0 20 40 60 80 , % 8 7 6 5 4 3 2 1 5 10 15 20 25 P , % 16 qay darajada o‘zgarishi mumkinligini aks ettiradi. Agar yutilgan namlik izolatsiya ichida elektrodlar orasidan o‘tuvchi ið yoki parda hosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda juda kichik miqdorda yutilgan namlik izolatsiya sifatining kuchli ravishda buzilishiga olib kelishi mumkin. Qog‘oz xuddi shunday xususiyatga ega. Masalan, 3 % namlikka ega bo‘lgan qog‘ozning solishtirma qarshiligi absolut darajada quruq qog‘ozning solishtirma qarshiligidan million marta kichik bo‘ladi. Boshqa elektroizolatsion materiallarda namlik hajm bo‘ylab alohida, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan kichik qismlar ko‘rinishida taqsimlanadi. Bu vaqtda namlikning material elektr xossalariga ta’siri sezilmaydi. Bunday materiallarga kauchuk misol bo‘la oladi. Unda namlikning ortishi faqat solishtirma qarshilikning sezi- larsiz kamayishiga olib keladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling