Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Material
l · 10
-6
Material
l · 10
-6
Polivinilasetat
265
Polivinilformal
64
Polivinilxlorid
160
Epoksid smolalar
55
Polietilen
145
Sluda
37
Polimetilmetakrilat
70
Farfor
3,5
Politetraftoretilen
100
Steatit
6,6
Neylon
115
Keramika
7
Selluloza asetati
120
Silikat
9,2
Polistirol
68
Eritilgan kvars
0,55


12
Noorganik qattiq dielektriklar (farfor, kvars, shisha, mine-
rallar va boshqalar) elektr xossalarining o‘zgarishi boshlanishi-
dan aniqlanadi. Masalan, tg ning sezilarli ortishi yoki solishtirma
elektr qarshilik  ning kamayishi.
Organik qattiq dielektriklar (smolalar, bitumlar, loklar, kom-
paundlar, tabiiy kauchuk, sun’iy kauchuk, plastik massalar,
tolali materiallar)ning issiqlikka chidamliligi cho‘zilish yoki
siqilish kabi mexanik deformatsiyalar boshlanishidan aniqlanadi.
Suyuq dielektriklar (neft, o‘simlik moylari va sun’iy organik
suyuqliklar)ning issiqlikka chidamliligi chaqnash va yonish tem-
peraturasi bilan aniqlanadi.
Chaqnash temperaturasi deganda — uncha katta bo‘lmagan
alanga yaqinlashtirilganda suyuqlik temperaturasi ortishi bilan
uning bug‘lari havo bilan aralashishi natijasida chaqnash sodir
bo‘ladigan temperatura tushuniladi. Yonish temperaturasi deganda,
alanga yaqilashtirilganda suyuqlik yonib ketadigan, yanada yuqori
temperatura tushuniladi.
Yuqori temperaturaning qisqa yoki uzoq vaqt ta’sir etishi
natijasida elektr izolatsiya sifati yomonlashishi mumkin. Bu jarayon
izolatsiyaning issiqlik eskirishi deyiladi. Bu vaqtda sekin kechadigan
kimyoviy reaksiyalar natijasida yoki oksid mahsulotlar (transfor-
mator moylari) yuzaga keladi yoki mahsulotlarning (lokli va boshqa
pardali izolatsion qoplamalar) qattiqligi, mo‘rtligi ortadi, yoriqlar
hosil bo‘ladi va asosdan ortda qolishi kuzatiladi.
Eskirish temperaturasi o‘rtacha 10 K (Kelvin)ga orttirilsa, ko‘p
materiallarning eskirish muddati ikki martaga qisqaradi.
Temperaturadan tashqari eskirish tezligiga havo bosimi yoki
kislorod konsentratsiyasining ortishi, azonning mavjudligi sezi-
larli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Namunaga ultrabinafsha nurlar,
elektr maydon, mexanik yuklamalar va boshqalar ta’sir etganda
issiqlik eskirishi tezlashadi.


13
Elektr qurilmalarda (uzoq vaqt issiqlik ta’sir ettirilganda)
elektr jihatdan izolatsiyalashda qo‘llaniladigan materiallar, issiqlik
chidamliligiga binoan 7 sinfga ajratiladi (1.3-jadval).
1.3-jadval
Ishchi temperatura deganda, elektr qurilmalarda elektr izo-
latsion materiallar qo‘llanganda, uzoq vaqt mobaynida normal
ekspluatatsiya sharoitida ishlashi mumkin bo‘lgan maksimal
temperatura tushuniladi.
Y izolatsion materiallar sinfiga selluloza va iðak asosida (qo-
g‘oz, taxta, karton, mato, lentalar, paxta tolali mato, polivinil-
xlorid va vulqonlangan tabiiy kauchuk) tayyorlangan, suyuq
dielektrikka botirilmagan va shimdirilmagan materiallar kiradi.
A sinfiga yuqorida ko‘rib o‘tilgan tolali materiallar kiradi,
lekin ular moy yoki boshqa loklar, kompaundlar yoki suyuq
elektroizolatsion materialga botirilgan bo‘ladi. Natijada ular kislorod
bilan birikishdan, ya’ni issiqlik hisobiga eskirishning tezlashishi-
dan saqlangan. A sinf tarkibiga polivinilxlorid loklar va poliamid
pardalarda yasalgan emallangan simlarning izolatsiyasi ham kiradi.
E sinfiga qatlamli plastiklar va organik to‘ldirgich, termore-
aktiv bog‘lovchi (getinaks, tekstolit va boshqalar), polietilente-
reftalat parda, suyuq loklar asosida emallangan simlarning izola-
tsiyalari kiradi.
Demak, issiqlikka chidamlilikning Y, A va E sinflariga,
asosan, sof organik elektroizolatsion materiallar kiradi.
Issiqlikka
chidamlilik sinfi
180 dan
yuqori
C
H
180
F
155
B
130
E
120
A
105
Y
90
Ishchi tempe-
ratura, °C


14
B sinfini noorganik materiallar: sluda, shisha tola, organik
bog‘lovchilar va shimdiriladigan materiallar bilan aralashgan
asbest hamda politriftorxloretilen, noorganik to‘ldirgichlarga ega
epoksid kompaundlar va boshqalar tashkil etadi.
F sinfiga sluda, shisha tola va ancha yuqori issiqlikka chidamli
bog‘lovchilar va shimdiriladigan materiallar bilan aralashgan
asbest hamda poliefiremid va poliefirstianurat loklar asosidagi
emallangan simlarning izolatsiyalari kabi materiallar kiradi.
H sinfiga mansub materiallar sluda, shisha tola va tarkibida
maxsus yuqori issiqlikka chidamli bo‘lgan kremniy organik smola
kabi bog‘lovchilari bor va shimdiriladigan asbest asosida olinadi.
C sinfini umuman bir-biriga yopishmaydigan yoki organik
birikmalar (sluda, elektrotexnik keramika, kvars, asbest, mika-
leks va boshqalar) shimadigan sof noorganik materiallar tashkil
etadi. C sinfiga barcha organik elektroizolatsion materiallardan —
politetraftoretilen va poliamid materiallar: pardalar, tolalar, emal-
langan simlarning izolatsiyasi kiradi.
Elektr izolatsion materiallar va mahsulotlarning past tempe-
ratura — (60—70°Ñ) hamda juda past (kriogen) temperaturalarda
ham ekspluatatsion ishonchliligini saqlab qolish qobiliyati sovuqqa
chidamlilik deb ataladi. Sovuqqa chidamli materiallar samolyot-
larning elektr va radio uskunalarida, aloqa uzatish liniyalarida
qo‘llaniladi. Past temperaturalarda, odatda, izolatsion material-
larning xossalari yaxshilanadi. Lekin normal sharoitlarda egiluvchan
va elastik materiallar past temperaturalarda mo‘rtlashadi va
dag‘allashadi. Natijada izolatsiya sifati yomonlashadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling