11
Kichik
l qiymatiga ega bo‘lgan materiallar, odatda, ancha
yuqori issiqlikka chidamlilik qiymatiga ega bo‘ladilar va aksin-
cha. Ba’zi elektr izolatsion materiallarning 20 dan 100°C gacha
bo‘lgan temperatura oralig‘idagi chiziqli
kengayishning tempe-
ratura koeffitsiyenti qiymatlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
Jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, organik
dielektriklar chiziqli
kengayishining temperatura koeffitsiyenti
noorganik dielektrik-
larnikiga nisbatan keskin ravishda yuqori bo‘ladi. Shuning uchun
noorganik materiallardan yasalgan detallarning o‘lchamlari xona
temperaturasida yuqori barqarorlikka ega bo‘ladi.
Issiqlikka chidamlilik. Elektr izolatsion materiallar va mahsu-
lotlarning qisqa va uzoq vaqt yuqori temperatura ta’sirida ham elektr
izolatsion xossalarini yo‘qotmaslik xususiyati
issiqlikka chidamlilik
deb ataladi. Elektrotexnikada izolatsion
materiallarning issiqlik
xossalari materiallarning agregat holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: