Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Elektroradio ashyolarning issiqlik


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

1.2. Elektroradio ashyolarning issiqlik
tavsifnomasi
Qattiq jismlarning qattiq holatdan suyuq holatga o‘tish ja-
rayoni erish deyiladi. Erish jarayonida qattiq jism kristall panjarasi
parchalanadi. Erish, ma’lum erish temperaturasida sodir bo‘ladi.
Ko‘pgina qattiq jismlarda erish jarayoni ular hajmining ortishi
bilan kechadi.
Moddaning suyuq holatdan qattiq kristall holatiga o‘tishi
kristallashish (qotish) deb ataladi. Barcha sof kimyoviy suyuqliklar
uchun bu jarayon o‘zgarmas kristallashish temperaturasida sodir
bo‘ladi, u esa o‘z navbatida erish temperaturasiga son jihatdan
teng bo‘ladi.
Amorf materiallarda (shisha, smola va boshqalar) keskin
ko‘rinishdagi erish temperaturasi mavjud emas, balki yumshash
darajasi mavjuddir. Yumshash darajasi turli sharoitlarda turlicha
aniqlanadi. Mahsulotlarning temperaturasi yumshash darajasiga
yaqinlashgach ularning mexanik mustahkamligi kamayadi va
natijada ular deformatsiyalanadilar.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Issiqlik o‘tkazuvchanlik deganda,
o‘tkazgich va magnit o‘tkazgich materiallardan ajralib chiqayot-
gan issiqlikning izolatsiya qatlamidan o‘tib, atrofga tarqalishi
tushuniladi.


10
O‘tkazgich va magnit o‘tkazgichlarning qizishi elektr izo-
latsiyaning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Yuqori kuchlanish
qurilmalarida qalin izolatsiyaning issiqlik o‘tkazuvchanligi alohida
e'tiborga loyiq.
Materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi son jihatdan issiqlik
o‘tkazish koeffitsiyenti  bilan ifodalanib, temperatura gradiyenti
1 K/m bo‘lganda birlik vaqt ichida birlik yuzadan o‘tayotgan issiqlik
miqdorini bildiradi.
Ba’zi dielektriklarning solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanlik
qiymatlari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling