Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Nam yutish yoki o‘zidan suv bug‘larini o‘tkazish qobiliyati
materialning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Bu xossa qoplama
(kabel shlangalari, kondensatorlarning kompaundlari, elektr ma-
shinalarning lok qoplamalari va b.) sifatida qo‘llaniladigan mate-
riallarning sifatiga baho berishda alohida hisobga olinadi. Shisha,
keramika va metallardan tashqari materiallar sezilarli nam yutish
xossasiga egadir.
Elektr apparatura uzoq vaqt ishlatilganda namlik organik
dielektriklarga singib, mog‘or (materialga singib, uning parcha-
lanishiga olib keladigan fermentlar ajratadigan qo‘ziqorin iðlari)
bosishga olib keladi. Mog‘orning paydo bo‘lishi dielektrik yuzasi
qarshiligini kamaytiradi, yo‘qotishlarning ko‘payishiga olib keladi,
izolatsiyaning mexanik mustahkamligining kamayishiga hamda
unga birikkan metall qismlarning yemirilishiga ham sabab bo‘ladi.
Selluloza materiallar, jumladan, shimdirilganlari (getinaks, tekstolit),
konifol, moy loklari va boshqalar mog‘or bosishiga molik


17
hisoblanadi. Noorganik dielektriklar: keramika, shisha, sluda,
kremniy organik materiallar va ba’zi organik moddalar, masalan,
epoksid smola, ftoroplast-4, polietilen, polistirollar mog‘or
bosishiga chidamlilikka egadir.
G‘ovakli izolatsion materiallarning gigroskoplik va nam yutish
xossalarini yo‘qotish emas, kamaytirish uchun ularni shimdirish
keng qo‘llaniladi. Gap shundaki, shimdirilgan moddalarning
molekulalari suv molekulalariga nisbatan (suv molekulasining
diametri 2,5 · 10
–10
m ni tashkil etadi) ancha katta o‘lchamlarga ega
bo‘lib, materialdan umuman nam o‘tmasligini ta’minlay olmaydi.
1.3. Elektroradio ashyolarning mexanik va
fizik-kimyoviy tavsifnomasi
Kimyoviy xossalari. Dielektriklarning kimyoviy xossalarini
yaxshi bilish ularni uzoq vaqt turli kimyoviy aktiv moddalar
(gaz, suv, kislota, ishqor, suyuq eritmalar va b.) ta’siriga chi-
damliligiga baho berishda muhim hisoblanadi. Turli dielektriklarda
bu ta’sirlarga chidamlilik turlichadir.
Detallar ishlab chiqarishda elektroradio ashyolar turli kimyo-
viy-texnologik usullar yordamida qayta ishlanadi: yopishtiriladi,
eritmalarda lok hosil bo‘lishi bilan eritiladi va boshqalar. Qattiq
materiallarning eruvchanligi eritma yoki to‘yingan eritma konsen-
tratsiyasi bilan ta’sirga uchraydigan material yuzasida (sirtida)
birlik vaqt ichida eritma holiga o‘tayotgan material soni bilan
baholanadi.
Odatda, kimyoviy tabiati eritmaga o‘xshash bo‘lgan va mole-
kulalarida o‘xshash atom guruhlariga ega bo‘lgan moddalar (qutbli
moddalar — qutbli suyuqliklarda, neytral moddalar — neytral
suyuqliklarda) oson eriydi. Masalan, qutbsiz yoki kuchsiz qutb-
langan uglevodorodlar (parafin, kauchuk) suyuq uglevodorod


18
(benzin)larda, gidrooqsil guruhlarga ega bo‘lgan qutbli smolalar
(fenolformaldegid smolalar) spirt va boshqa qutbli eritmalarda
oson eriydi. Molekular massaning qutblanish darajasi ortgan sari
eruvchanlik kamayadi. Temperatura ortgan sari, odatda, eruv-
chanlik ortadi. Keyingi boblarda materiallarning ancha xavfli tashqi
ta’sirlarga nisbatan kimyoviy chidamliligi batafsil yoritilgan.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling