Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Temir asosidagi qotishmalar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Temir asosidagi qotishmalar. Bunday qotishmalar, asosan,
elektr qizdirgich elementlarda qo‘llaniladi. Bunday elementlar-
ning issiqlikka bardoshliligi ularda qizish natijasida havoda silliq
oksid parda hosil qiladigan metallarning mavjudligi bilan ifoda-
lanadi. Nikel, xrom va aluminiy bunday metallarga misol bo‘la oladi.
Temir qizitilganda oson oksidlanadi, lekin qotishmada temir
miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, bu qotishma issiqlikka shuncha
chidamli bo‘ladi.
Fe-Ni-Cr tizimidagi qotishma nixrom yoki (temir miqdori
yuqori bo‘lganda) ferronixrom; Fe-Ni-Al tizimidagi qotishmalar
esa fexral va xromal deb ataladi.
Turli qotishmalar harflar va sonlardan iborat bo‘lgan shartli
belgilanish tizimiga ega. Harflar qotishma nomiga kiruvchi ele-
mentlarning asosiy xossalarini namoyon etib, har doim ham
uning birinchi harfida ifodalanmaydi (masalan, B harfi niobiy
ekanligini ifodalaydi, V—volfram, G—marganes, D—mis,
K—kobalt, L—berilliy, N—nikel, T—titan, X—xrom, Y—alu-
miniy va h.k.), son esa mazkur komponentning qotishmadagi
taxminiy miqdorini anglatadi (% massalarida); belgi boshidagi
qo‘shimcha son (0 soni) qotishmadagi element miqdorining
oshirilganligini yoki (1 soni) kamaytirilganligini bildiradi. Shun-
day qilib, 3.3-jadvaldagi OX
25
Y
5
belgi 25 % xrom va 5 %


44
aluminiydan tashkil topgan yuqori issiqlikka chidamlilikka ega
bo‘lgan qotishmaga mos keladi.
Agar oksid uchuvchan bo‘lsa, qolgan metallni oksidlanish-
dan himoyalashi mumkin. Volfram va molibden oksidlari oson
uchadi, shuning uchun bunday metallar kislorod ta’sirida qizigan
holatda ishlay olmaydi. Agar oksid uchuvchan bo‘lmasa, oksid-
lanish jarayonida metall sirtida parda hosil bo‘ladi.
TKl va uning oksid pardalari qiymati bir-biriga yaqin bo‘lgan
qotishmalar havoda, yuqori temperaturada katta barqarorlikka
ega bo‘ladi. Xrom-nikelli qotishmalarning bardoshliligi shu bilan
tushuntiriladi.
Temperatura keskin o‘zgarganda oksid pardada yoriqlar hosil
bo‘lishi mumkin; u holda yana qizish natijasida havo kislorodi hosil
bo‘lgan yoriqlarga kirib, qotishmaning oksidlanishini davom etti-
radi. Shu sababli nixromdan yasalgan elektr qizdirgich element
qisqa vaqtlarda ishlatilganda, xuddi shu temperaturada uzluksiz
ishlashi natijasida tezroq kuyib ketishi mumkin.
3.3-jadval

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling