45
3.4- jadval
Nixrom turli qotishma xossalari
Nixrom va boshqa issiqlikka chidamli qotishmalardan yasalgan
elementlarning yashash davriga simning uzunligi bo‘ylab kesim
tebranishlarining mavjudligi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi;
sim kesimi
kichraygan sohalarda sim tezroq qiziydi va element oson kuyib ketadi.
Nixrom va unga o‘xshash
qotishmalardan yasalgan ele-
mentlarning yashash davrini sim sirtiga kislorod ta’sirini yo‘qotish
orqali uzaytirish mumkin. Buning
uchun naycha shaklidagi
qizdirgich elementlarda yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qotishmani
oksidlanishga bardoshli metall naycha ichiga joylashtiriladi; sim va
naycha oralig‘idagi masofa yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega
bo‘lgan dielektrik (masalan, magneziya MgO) bilan to‘ldiriladi.
Bunday qizdirgich elementlar elektr
qizdirgichlarda uzoq vaqt
buzilishlarsiz ishlashi mumkin.
Fexral va xromallar nixromlarga nisbatan ancha arzon, lekin
qattiq va mo‘rt bo‘ladi. Ulardan nixromga nisbatan katta kesimga ega
bo‘lgan simlar yasash mumkin. Shu sababli bu qotishmalar katta
quvvatli va sanoat elektr zanjirlarida elektr qizdirgich sifatida keng
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: