Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pardali rezistorlar uchun materiallar.
Bo‘r uglerodli pardalar organik bor birikmalar, masalan,
B (S 4 N 9 ) 3 ni piroliz (kislorodsiz, termik parchalash) yo‘li bilan olinadi. Bunday pardalar kichik TK qiymatiga ega bo‘ladilar. Pardali rezistorlar uchun materiallar. Pardali va gibrid integral mikrosxema (IMS) larda passiv elementlar, ya’ni rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g‘altaklari va elementlararo bog‘la- nishlar asosida turli pardalar hosil qilish yo‘li bilan olinadi. IMSlar yupqa pardali va qalin pardali turlarga bo‘linadi: qalin pardali IMS larning qalinligi 2 mkm dan oshmaydi, qalin pardali IMS larda esa parda qalinligi ancha katta. Ular orasidagi farq faqat qalinlikda emas, balki ularni hosil qilish texnologiya- larida hamdir. Rezitsiv pardalar hosil qilish uchun qo‘llanilayotgan mate- rial uzoq vaqt davomida yuqori barqarorlikka ega bo‘lgan qarshilik olishga, qarshilikning kichik temperatura koeffitsiyenti va yemiri- lishlarga nisbatan yuqori chidamlilikka ega bo‘lishi kerak. Asos — bu qalinligi 0,5—1,0 mm bo‘lgan, maromida silliq- langan va pardozlangan dielektrik plastinalardir. Agar qarshiligi uncha katta bo‘lmagan rezistor tayyorlash talab qilinsa, u holda parda yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qotishma, masalan, nixrom- dan yasaladi. Yuqori qarshilikka ega bo‘lgan qarshilik hosil qilish uchun metallning keramika bilan aralashmasi (kermet) dan foydalaniladi. Rezistorli parda uchlarida rezistorni boshqa element- 49 lar bilan ulash uchun metall pardalar ko‘rinishida chiqishlar yasaladi. Pardali rezistor qarshiligi parda qalinligi va kengligi uning uzunligi va materialiga bog‘liq bo‘ladi. Pardali rezistorlarning solishtirma qarshiligi alohida birliklarda — /kvadratda o‘lchanadi, chunki mazkur kvadrat shaklidagi parda qarshiligi kvadrat o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, agar kvadrat tomonlari masalan 2 martaga kattalashtirilsa, u holda tok oqib o‘tish uzunligi 2 martaga ortadi, lekin pardaning ko‘ndalang kesim yuzasi ham tok uchun 2 baravarga ortadi; demak, qarshilik o‘zgarishsiz qoladi. Yupqa pardali rezistorlar tayyorlash uchun qo‘llaniladigan ba’zi materiallarning xossalari, 3.6-jadvalda keltirilgan. 3.6-jadval 3.6-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yupqa pardali rezistorlarning temperaturaga bardoshliligi TK taxminan 0,25·10 -4 K -1 ga teng. Uzoq muddatli ekspluatatsiyadan so‘ng bu rezistorlarning qarshi- ligi uncha o‘zgarmaydi. Ularni tayyorlash aniqligi 0,05 % ni tashkil etadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling