Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

DIELEKTRIK MATERIALLAR
4.1. Dielektriklarda elektr hodisalar
Elektroradio va tibbiyot texnikasida dielektriklar elektrizo-
latsion materiallar sifatida yoki berilgan sig‘imni hosil qilishda
qo‘llaniladi. Elektr maydoni ta’sirida unda dielektrikning qizishiga
olib keladigan jarayonlar (qutblanish) sodir bo‘ladi, o‘tuvchi
tok, ya’ni elektr o‘tkazuvchanlik yuzaga keladi. Dielektrikka
yuqori kuchlanish berilsa, teshilish yuz berishi mumkin.
Dielektriklarning qutblanishi. Elektr zanjiriga ulangan, elek-
trodlar surtilgan har bir dielektrik, ma’lum sig‘imga ega konden-
sator sifatida qaralishi mumkin. Kondensator zaryadi:

,
Q
CU
bu yerda, C — kondensator sig‘imi; U — unga berilayotgan
kuchlanish.
4.1-rasm. Yassi kondensatorli qutblangan dielektrikda
zaryadlarning joylashishi.
U

E


52
Har bir moddada o‘zaro bog‘langan zaryadlar mavjud bo‘la-
di: atom qobiqlaridagi elektronlar, atom yadrolari, ionlar. Elektr
maydoni E ta’sirida dielektrikdagi o‘zaro bog‘langan zaryadlar
muvozanat holatlaridan siljib ketadilar: musbat zaryadlar —
maydon kuchlanganligi vektori yo‘nalishida, manfiy zaryadlar —
teskari yo‘nalishda. Natijada dastlabki zaryadlanmagan dielektrikda
elektr maydonida elektr zaryadlari yuzaga keladi. Dielektriklarda
elektr qutblar yuzaga keladi, shu sababli ular dielektrikning
qutblanishi nomini olgan.
Berilgan kuchlanish U dagi elektr qiymati ikkita qo‘shiluv-
chilardan iborat bo‘ladi: Q

— elektrodlarni vakuum ajratib tur-
ganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va Q

— dielektriklarning qutbla-
nishi hisobiga elektrodlarning ajralishi.
d
Q
Q
Q


0
.
Dielektrikning asosiy xarakteristikasi bo‘lib solishtirma
dielektrik kirituvchanlik  hisoblanadi:
0
0
1
Q
Q
Q
Q
d




.
 ning qiymati dielektrikning elektr sig‘im hosil qilish qobi-
liyatini bildiradi. Dielektrik sifatini baholashda aynan dielektrik
kirituvchanlik qiymati qo‘llaniladi, qisqaroq bo‘lishi uchun «solish-
tirma» so‘zi tushirib qoldiriladi. Barcha moddalarning qiy-
mati birdan katta bo‘ladi.
Dielektriklar qutblanishinining asosiy turlari. Dielektriklarda
ularning holati va strukturasiga qarab dielektriklar qutblanishining
ikkita asosiy turi mavjud.
Ba’zi dielektriklarda elektr maydoni ta’sirida qutblanish
deyarli soniyalarda energiya yo‘qotishlarisiz, ya’ni issiqlik ajra-
lishisiz sodir bo‘ladi. Qutblanishning ikkinchi turi sekinlik bilan


53
rivojlanib, sekinlik bilan so‘nadi, dielektrikda energiya sochilishi
kuzatiladi, ya’ni u qiziydi. Qutblanishning bunday turi relak-
satsion qutblanish deb ataladi (relaksatsiya — statik muvozanatga
kelish jarayoni).
Qutblanishning birinchi turiga elektron va ion qutblanishlar
kiradi. Boshqa mexanizmlar relaksatsion qutblanishga kiradi. Turli
dielektriklarda bir vaqtning o‘zida qutblanishning bir necha mexa-
nizmlari kuzatilishi mumkin.
Ion va atomlarning elektron qobiqlarining siljishi va defor-
matsiyasi elektron qutblanishga kiradi. Elektron qutblanishning
o‘rnatilish vaqti 10
15
s. Elektron qutblanish barcha turdagi dielek-
triklarda kuzatiladi va energiya yo‘qotishlar kuzatilmaydi.
Ion tuzilmali qattiq jismlarda ion qutblanish kuzatiladi va
o‘zaro bog‘liq ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Ion qutbla-
nishning o‘rnatilish vaqti 10
-13
s.
Tartibsiz issiqlik harakatida qatnashadigan diðol molekulali
moddalarda diðol relaksatsion yoki oddiy diðol qutblanish
kuzatiladi.
Qovushqoq muhitda diðollar aylanma harakat qilishi ma’lum
qarshiliklarni yengib o‘tishni talab qiladi, shuning uchun diðol
qutblanish energiya yo‘qotishlar bilan kechadigan moddalarda
kuzatiladi. Masalan sellulozani ko‘rsatish mumkin.
Noorganik shishalarda va ba’zi ionlari unchalik zich joylash-
magan ion kristall noorganik moddalarda ion-relaksatsion
qutblanish kuzatiladi. Bu holatda tashqi elektr maydoni ta’sirida
moddaning kuchsiz bog‘langan ionlari maydon bo‘ylab tizilib
joylashishadi.
Yuqori sinuvchanlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan dielektrik-
larda elektron-relaksatsion qutblanish kuzatiladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling