Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Past chatota polimerlari. Polivinilxlorid — gazsimon mono-
mer — vinilxlorid N 2 S=SN—Sl ni polimerlash natijasida olingan qattiq mahsulot. Tuzilishining asimmetrikligi natijasida qutbli dielektrik hisoblanadi va qutbsiz polimerlarga nisbatan pastroq (yomonroq) xossalarga ega. Polivinilxlorid suv, ishqor, mayda- langan kislota, moy, benzin va spirt ta’sirlariga bardoshli. U simlar izolatsiyasi, kabellarning himoya qobig‘i va shunga o‘xshashlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Zichligi 1,4—1,7 M 2 /m 3 , tg = 0,03—0,08, = 3—5, = 10 13 —10 14 · m. Polimetilmetakrilat — metakril kislota metil efirining (metil- metakrilat) polimeri — SN 2 —S(SN 3 )(SOOSN 3 ). Polimetilmetak- rilat organik shisha yoki pleksiglas nomi bilan mashhur. Rangsiz 63 shaffof material bo‘lib, sovuq, moy va ishqorga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega. Unga elektr yoyi ta’sir ettirilsa, katta miqdorda gaz ajralib chiqadi (CO, N 2 , CO 2 ), natijada yoy so‘nadi. Shuning uchun organik shishalar yuqori kuchlanish razryadniklarida yuzaga keladigan yoylarni tezlik bilan so‘ndirishda qo‘llaniladi. Zichligi 1,2 M 2 /m 3 , tg = 0,02—0,08, = 3,5—4,5, = 10 11 —10 12 · m. Polietilentereftalat (lavsan). Ikki atomli spirt (glikol) NO— SN 2 —SN 2 —ON va tereftal kislota NOOS—S 6 N 4 —SOON larning polikondensatsiya mahsuloti. Molekular massasi 30000 tartibda bo‘lgan lavsan yetarli mexanik pishiqlik va yuqori yumshash temperaturasiga (260°C) ega. Ular sintetik tolalar, emallangan sim- lar izolatsiyasi uchun egiluvchan pardalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Chet elda «maylar», «dakron» nomi bilan chiqariladi. Zichligi 1,1— 1,45 M 2 /m 3 , tg = 0,002—0,02, = 3—4,5, = 10 11 —10 14 · m. Epoksid smola molekula tarki bi da epoksi d guruh N 2 S=O=SN 2 mavjudligi bilan xarakterlanadi. Epoksid smolalar sof holda uzoq vaqt mobaynida o‘z xossalarini o‘zgartirmasdan saqlanishi mumkin. Lekin ularga qotiradigan qo‘shimchalar qo‘shilsa, ular tezda qotadilar. Qotish jarayoni sof polimerlashni namoyon qiladi. Qotiradigan qo‘shimchaning turiga qarab epoksid smolalar yoki qizitilganda (80—150°Ñ gacha), yoki xona tempe- raturasida (sovqotish) qotirilishi mumkin. Sovuq qotirilish uchun tarkibida azot bo‘lgan moddalar (aminlar); qizitilganda qotirilish uchun — organik angidrid moddalar qo‘llaniladi. Epoksid smola- lar plastmassa, shisha, keramika, metall va boshqa materiallarga nisbatan adgeziya (yopishqoqlik)ga ega. Epoksid smolalar yelim, lok, quyma kompaund, masalan, uncha katta bo‘lmagan transfor- matorlarni quyish yoki kabel muftalarini birlashtiruvchi aloqa apparaturalarini yasashda qo‘llaniladi. Zichligi 1,1—1,25 M 2 /m 3 , tg =0,01—0,03, = 3—4, = 10 12 —10 13 · m. 64 Plastik massalar (plastmassalar) — bu bir xil shakl va o‘l- chamlarga ega mahsulotlarni yasashda qo‘llaniladigan kompo- zitsion material. Buning uchun plastmassa yuqori bosim ta’sirida (ko‘pincha bir vaqtda qizdirish yo‘li bilan) presslanadi. Plastmassalar elektrotexnikada ham elektr izolatsion, ham sof konstruksion material sifatida keng qo‘llaniladi. Ko‘pgina plastmassalar yuqori mexanik pishiqlik, yaxshi elektr izolatsion xossalarga va kichik og‘irlikka ega (plastmassalarning zichligi, odatda, 0,9 dan 1,8 M 2 /m 3 gacha). Ko‘p hollarda plastmassalar ikkita asosiy komponentdan tashkil topgan bo‘ladi: bog‘lovchi va to‘ldiruvchi. Bog‘lovchi, odatda, organik polimer bo‘lib, bosim ta’sirida deformatsiya- lanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bog‘lovchi kom- ponent sifatida ko‘p miqdorda fenolformaldegid smolalar ishla- tiladi. Ular fenol N 5 S 6 —ON (yoki krezol N 3 S—S 6 N 4 —ON) poli- kondensatsiyasi natijasidir. Ular katalizator yordamida ishlab chiqariladi. Eritmadagi fenol va formaldegid nisbatiga ko‘ra yoki bakelit, yoki novalak hosil bo‘ladi. Bakelit yuqori mexanik pishiq- likka ega, lekin egiluvchanligi kam. Bakelit plastmassa, qatlamli plastmassalar — getinaks, tekstolit va boshqalarni yasashda qo‘lla- niladi. Novalak qizitilganda ham eruvchanligini saqlab qoladi. U plastik massalarni yasashda keng qo‘llaniladi. Formaldegid smola- larning zichligi 1,25—1,3 M 2 /m 3 , tg = 0,01—0,1, = 5—6,5, = 10 11 —10 12 · m. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling