Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Sluda va uning asosidagi materiallar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Sluda va uning asosidagi materiallar. Sluda tabiatda kristall
ko‘rinishida uchraydi. Ular bir-biriga parallel bo‘lgan ulanma sirtlar bo‘ylab oson parchalanadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra sludalar suvli alumokislotalar hisob- lanadi. Ulardan asosiysi: muskovit, uning tarkibi taxminan quyi- dagicha: K 2 O—3Al 2 O 3 —65Y 2 —2N 2 O va flogopit, uning tarkibi: K 2 O—6MgO · Al 2 Os—6SiO 2 · 2N 2 O. Bulardan tashqari sluda tarkibiga temir, natriy, kalsiy va boshqalarning birikmalari kirishi mumkin. Muskovitlar rangsiz yoki qizg‘ish, yashil va boshqa tusga ega bo‘lishi mumkin. Flogopitlar ko‘pincha ancha to‘q ranglarda — 77 kahrabo, oltin, jigarrang, deyarli qora rangda bo‘ladi, ba’zida esa och ranglarda ham uchraydi. Elektr xossalariga ko‘ra yaxshi elektr izolatsion material hi- soblangan muskovit flogopitdan ustun turadi. Bundan tashqari muskovit flogopitga ko‘ra ancha mustahkam, qattiq, egiluvchan va elastikdir. Ma’lum temperaturaga yetganda tabiiy sludadan uning tarki- bidagi suv ajralib chiqa boshlaydi; bunda sluda shaffofligini yo‘qotadi, qalinligi ortadi (sluda «bo‘rtib chiqadi»), mexanik va elektr xossalari yomonlashadi; temperatura ortgan sari bu o‘zgarishlar ham sezilarli darajaga yetib, sludaning kristall tuzilmasi buziladi. Odatda, sluda tabiatda kvars, dala shpati va boshqa minerallar bilan birga, qattiq tog‘ jinslariga birikib ketgan simlar (pegmatit) ko‘rinishida uchraydi. Portlash ishlaridan so‘ng aralashmalardan sluda ajratib olingach, u begona minerallardan tozalanadi. Uning 4.7-rasm. Sluda tg ko‘rsatkichininig temperaturaga bog‘liqligi: 1—f = 1 MHz dagi muskovit; 2—f = 50 Hz dagi muskovit; 3—f = 1 MHz va f = 50 Hz dagi sintetik sluda (ftorflogopit). 20 40 60 80 1 3 100 t,°C 0 5 20 25 30 35 tg ·10 4 2 78 bunday ko‘rinishi zaboyniy xomashyo deyiladi. Bu xomashyodan 1—2 %, juda kam hollarda 10% gacha sluda olish mumkin. Zaboy- niy xomashyo qo‘lda parchalanadi, pichoq bilan plastinkalarga bo‘linadi, uning chetlarida ma’lum nuqsonlari bo‘ladi. Bunday sluda chala tozalangan deb ataladi. Keyinchalik ular o‘z navbatida ancha yupqa plastinkalarga (5 dan 45 mk gacha) parchalanadi. Parchalangan sludadan kondensatorlar uchun shtamplangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi plastinkalar (kondensator slu- dasi), elektron va yorituvchi lampalar uchun shakli shtamplangan detallar, shaybalar va boshqalar yasaladi. Kondensator sludasi — yuqori sifatga ega muskovit bo‘lib, uzunligi 7 dan 60 mm gacha va qalinligi 4 dan 55 mm gacha bo‘lgan plastinkalardan iborat. Plastin- kalarning standart qalinligi quyidagicha: 25, 35, 45, 55 mk ( 5 mk xatoligi bilan). Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling