73
suv bilan aralashtiriladi. Farfor massadan kerakli shakldagi mahsu-
lot yasaladi, quritiladi va 1300—1400°Ñ temperaturada kuydiriladi.
Kuydirilgan farfor mullit 3Al
2
O
3
2SiO
2
va kvars SiO
2
kristallari-
dan tashkil topgan bo‘lib, ular oralig‘i shishasimon eritilgan dala
shpati bilan to‘ldiriladi. Farfor siqilganda 400—700 MPa,
cho‘zilganda 45—70 MPa, egilganda 80—150 MPa mustahkamlik
chegarasiga ega. Farforning elektr
izolatsion xossalari normal
temperatura va past chastotada ancha yuqori bo‘lib, temperatura va
chastota ortgan sari yomonlashib boradi.
Hozirgi kunda farfor
tarkibidan farq qiladigan ancha takomillashtirilgan
farfor va
keramika materiallari qo‘llaniladi.
Radiofarfor BaO kiritilgan farfor bo‘lib, radiofarforning keyingi
takomillashishi
ultrafarfor deb ataladi.
Uning tarkibida ancha
miqdorda Al
2
O
3
bo‘ladi. Oddiy elektr farforga nisbatan ultrafar-
forning tg kichik, katta qiymatlarga ega bo‘ladi.
Aluminoksid, asosan, korunddan tashkil topgan bo‘lib, yuqori
issiqbardoshlikka (ishchi temperaturasi 1600°Ñ),
hatto yuqori
temperaturalarda ham yuqori va kichik tg ga ega (4.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: