Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Elektr izolatsion keramika


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Elektr izolatsion keramika. Yuqori temperaturada kuydirish
usuli bilan olinadigan noorganik materiallar keramika materiallari
deb ataladi. Kuydirish natijasida keramikadan yasalgan mahsu-
lotlar yuqori mexanik mustahkamlikka, kichik tg  ga, issiqlikka
bardoshli, elektr va issiqlik eskirishiga chidamli yaxshi elektr izo-
latsion materialga aylanadi.
Elektrotexnikada keramika — yarimo‘tkazgich, magnit (ferrit),
segneto- va pyezoelektrik materiallar va kondensatorlar sifatida
qo‘llaniladi.
Farfor turli shakldagi izolatorlar ishlab chiqarishda asosiy
material hisoblanadi. Farfor hosil qilish uchun tuproqning (kaolin)
maxsus sortlari va minerallar; kvars SiO
2
va dala shpati qo‘llaniladi.
Tashkil etuvchilar aralashmalardan tozalanadi, maydalanadi va


73
suv bilan aralashtiriladi. Farfor massadan kerakli shakldagi mahsu-
lot yasaladi, quritiladi va 1300—1400°Ñ temperaturada kuydiriladi.
Kuydirilgan farfor mullit 3Al
2
O
3
2SiO
2
va kvars SiO
2
kristallari-
dan tashkil topgan bo‘lib, ular oralig‘i shishasimon eritilgan dala
shpati bilan to‘ldiriladi. Farfor siqilganda 400—700 MPa,
cho‘zilganda 45—70 MPa, egilganda 80—150 MPa mustahkamlik
chegarasiga ega. Farforning elektr izolatsion xossalari normal
temperatura va past chastotada ancha yuqori bo‘lib, temperatura va
chastota ortgan sari yomonlashib boradi. Hozirgi kunda farfor
tarkibidan farq qiladigan ancha takomillashtirilgan farfor va
keramika materiallari qo‘llaniladi.
Radiofarfor BaO kiritilgan farfor bo‘lib, radiofarforning keyingi
takomillashishi ultrafarfor deb ataladi. Uning tarkibida ancha
miqdorda Al
2
O
3
bo‘ladi. Oddiy elektr farforga nisbatan ultrafar-
forning tg  kichik,  katta qiymatlarga ega bo‘ladi.
Aluminoksid, asosan, korunddan tashkil topgan bo‘lib, yuqori
issiqbardoshlikka (ishchi temperaturasi 1600°Ñ), hatto yuqori
temperaturalarda ham yuqori  va kichik tg  ga ega (4.6-rasm).

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling