Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Sluda va uning asosidagi materiallar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Sluda va uning asosidagi materiallar. Sluda tabiatda kristall
ko‘rinishida uchraydi. Ular bir-biriga parallel bo‘lgan ulanma
sirtlar bo‘ylab oson parchalanadi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra sludalar suvli alumokislotalar hisob-
lanadi. Ulardan asosiysi: muskovit, uning tarkibi taxminan quyi-
dagicha: K
2
O—3Al
2
O
3
—65Y
2
—2N
2
O va flogopit, uning tarkibi:
K
2
O—6MgO · Al
2
Os—6SiO
2
· 2N
2
O. Bulardan tashqari sluda
tarkibiga temir, natriy, kalsiy va boshqalarning birikmalari kirishi
mumkin.
Muskovitlar rangsiz yoki qizg‘ish, yashil va boshqa tusga ega
bo‘lishi mumkin. Flogopitlar ko‘pincha ancha to‘q ranglarda —


77
kahrabo, oltin, jigarrang, deyarli qora rangda bo‘ladi, ba’zida esa
och ranglarda ham uchraydi.
Elektr xossalariga ko‘ra yaxshi elektr izolatsion material hi-
soblangan muskovit flogopitdan ustun turadi. Bundan tashqari
muskovit flogopitga ko‘ra ancha mustahkam, qattiq, egiluvchan va
elastikdir.
Ma’lum temperaturaga yetganda tabiiy sludadan uning tarki-
bidagi suv ajralib chiqa boshlaydi; bunda sluda shaffofligini yo‘qotadi,
qalinligi ortadi (sluda «bo‘rtib chiqadi»), mexanik va elektr xossalari
yomonlashadi; temperatura ortgan sari bu o‘zgarishlar ham sezilarli
darajaga yetib, sludaning kristall tuzilmasi buziladi.
Odatda, sluda tabiatda kvars, dala shpati va boshqa minerallar
bilan birga, qattiq tog‘ jinslariga birikib ketgan simlar (pegmatit)
ko‘rinishida uchraydi. Portlash ishlaridan so‘ng aralashmalardan
sluda ajratib olingach, u begona minerallardan tozalanadi. Uning
4.7-rasm. Sluda tg  ko‘rsatkichininig temperaturaga bog‘liqligi:
1—f = 1 MHz dagi muskovit; 2—f = 50 Hz dagi muskovit;
3—f = 1 MHz va f = 50 Hz dagi sintetik sluda (ftorflogopit).
20
40
60
80
1
3
100
t,°C
0
5
20
25
30
35
tg ·10
4
2


78
bunday ko‘rinishi zaboyniy xomashyo deyiladi. Bu xomashyodan
1—2 %, juda kam hollarda 10% gacha sluda olish mumkin. Zaboy-
niy xomashyo qo‘lda parchalanadi, pichoq bilan plastinkalarga
bo‘linadi, uning chetlarida ma’lum nuqsonlari bo‘ladi. Bunday
sluda chala tozalangan deb ataladi. Keyinchalik ular o‘z navbatida
ancha yupqa plastinkalarga (5 dan 45 mk gacha) parchalanadi.
Parchalangan sludadan kondensatorlar uchun shtamplangan
to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi plastinkalar (kondensator slu-
dasi), elektron va yorituvchi lampalar uchun shakli shtamplangan
detallar, shaybalar va boshqalar yasaladi. Kondensator sludasi —
yuqori sifatga ega muskovit bo‘lib, uzunligi 7 dan 60 mm gacha va
qalinligi 4 dan 55 mm gacha bo‘lgan plastinkalardan iborat. Plastin-
kalarning standart qalinligi quyidagicha: 25, 35, 45, 55 mk (

5
mk xatoligi bilan).

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling