Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Novomikaleks
Sintetik sluda. Sintetik sluda kristallari maxsus tuzilgan shixta
eritmasidan o‘stiriladi. Tarkibi KMg 3 (Si 2 Al 10 )F 2 dan iborat bo‘l- gan ftorflogopitdan eng yaxshi natijalar olingan. Shixta 1380 °C da eriydi, kristallashish jarayoni esa 1340°C temperaturada amalga oshadi. 4.8-rasmda ko‘rsatilgan sintetik sluda kristali tabiiy sludaga o‘xshash bo‘lib, yupqa plastinkalarga oson parchalanadi. Tarkibida kristallovchi suv mavjud emasligi tufayli, sintetik sluda tabiiy slu- daga nisbatan ancha yuqori issiqbardoshlikka ega. 600—700°C ishchi temperaturaga ega kondensatorlarda dielektrik sifatida ham qo‘llanilishi mumkin. Sintetik sluda elektron lampalarda, shisha tola darchalari va yuqori energiya zarrachalari hisoblagichida izolatsion ekran sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mikaleks kukunsifat tabiiy sluda va maydalangan tez eruvchi shishaning issiqlik yordamida presslanishi natijasida hosil bo‘la- digan qattiq materialdir. Mikaleks olish uchun sludalar listlar 79 yoki turli kesimga ega sterjenlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi va ularga keyinchalik mexanik qayta ishlov beriladi. Mikaleks uncha katta bo‘lmagan dielektrik yo‘qotishlarga, yuqori issiqbardoshlikka, namga chidamlilikka va mexanik mustahkamlikka ega. Mikaleks radioelektron sanoatda katta quvvatli lampalarni o‘rnatgichi, havo kondensatorlari paneli, taroq, induktivlik g‘altaklari, ulagich platalari va boshqa detallarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mikaleksga metall kontaktlarni presslab kiritish mumkin. Novomikaleks shisha birikma bilan mahkamlangan sintetik sludadan tayyorlanadi. 4.5. Gaz holatidagi va suyuq dielektriklar Gaz holatidagi dielektriklar. Gaz holatidagi dielektriklar elektr izolatsion material sifatida qo‘llanilganda quyidagi afzalliklarga ega: yuqori solishtirma qarshilik , kichik (birga yaqin) dielektrik singdiruvchanlik , kichik dielektrik yo‘qotishlar burchagi tan- 4.8-rasm. Sluda elektr mustahkamligining E must qalinlikka bog‘liqligi: 1—muskovit; 2—flogopit; 3—ftorflogopit. 0,04 0,08 0,12 0,16 0,2 h, mm 0 100 200 300 400 Emust., mV/m 3 2 1 80 gensi tg . Gaz holatidagi elektr izolatsiyaning kamchiligi kichik elektr mustahkamlik hisoblanadi. Gaz holatidagi dielektriklar havo elektr uzatish liniyalarida simlar oralig‘ida izolatsiya hosil qiladi, elektrovakuum asboblarda va yorug‘lik manbalarida (inert gazlar, argon, neon va boshqalar), gaz kondensatorlarida (azot, galogen) elektrodlar oralig‘ini to‘ldiradi va katta elektr mashinalarda sovitish muhitini hosil qiladi (vodorod, geliy). Gazlarning elektr mustahkamligi E must bosimga kuchli bog‘liq (4.9-rasm). Gazlarni vakuumli kondensator, gaz bilan to‘ldirilgan yuqori bosimli kabellarda va boshqa yuqori kuchlanish qurilma- larida elektr izolatsiya sifatida qo‘llanilishi E must = f() bog‘liqlikka asoslangan. Elektr mustahkamlik yana elektrodlar oralig‘idagi masofa h ga ham bog‘liq: h kamaysa E must ortadi (4.10-rasm). h va bir vaqtda o‘zgarsa, quyidagi qonuniyat (Pashen qo- nuni) o‘rnatilgan: agar razryad oralig‘i uzunligi h va gaz bosimi , ularning ko‘paytmasi o‘zgarishsiz qoladigan qilib o‘zgartirilsa, 4.9-rasm. E must ning ga bog‘liqligi (punktir chiziq bilan normal bosim ko‘rsatilgan). E m h= const 81 teshilish kuchlanish qiymati o‘zgarmaydi, ya’ni U tesh h ko‘- paytmasi funksiyasi hisoblanadi (4.11-rasm). Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling