Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Ftororganik suyuqliklar kichik tg  ga, juda kichik gigros-
koplikka va yuqori issiqbardoshlikka (ishchi temperatura 200°C ga-
cha) ega. Ftororganik suyuqliklar o‘ramlar va magnit simlar
sovitilayotganda yuqori issiqlik qaytarish xususiyatiga ega. Ftoror-
ganik suyuqliklar kremniyorganik suyuqliklar kabi ancha qimmat
va kam qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1. Dielektrik materiallarga ta’rif bering va ularning turlarini aytib bering.
2. Dielektriklarning asosiy parametrlari.
3. Dielektriklarning qutblanishi deganda qanday jarayon tushuniladi?
4. Dielektriklarning qutblanishining qanday turlarini bilasiz?
5. Qutblanish turiga qarab dielektriklar qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Dielektrik yo‘qotishlar deganda nimani tushunasiz?
7. Dielektrik teshilish qanday sodir bo‘ladi?
8. Organik qattiq dielektriklarga ta’rif bering va misollar keltiring.
9. Noorganik dielektriklar va radiokeramik materiallarga misollar
keltiring.
10. 
Pyezoelektrik materiallarga ta’rif bering va misollar keltiring.


85
V BOB. 
 MAGNIT MATERIALLAR
5.1. Materiallarning magnit tavsifnomasi
Turli moddalar magnit maydoni ta’sirida magnitlanib qola-
dilar, ya’ni o‘zlari magnit maydoni manbayiga aylanadilar.
Muhitdagi natijaviy maydon tashqi va modda hosil qilayotgan
maydonlar yig‘indisiga teng. Magnitlanish xususiyatiga ega
moddalar magnetiklar deb ataladi.
Barcha moddalarda elektronlarning atom atrofidagi orbita
bo‘ylab harakatlanishi va xususiy harakatlari natijasida juda kichik
elektr toki mavjud bo‘ladi. Ular molekular toklar deb ataladi.
Molekular toklar o‘zlarining atrofida magnit maydon hosil qila-
dilar. Agar magnetik magnitlanmagan bo‘lsa, u magnit maydon
hosil qilmaydi, chunki undagi molekular toklar tartibsiz joylash-
gan bo‘lib, ularning natijaviy harakati nolga teng bo‘ladi. Tashqi
magnit maydon ta’sirida molekular toklar qisman yoki to‘liq
tartibga keladi, ya’ni magnit maydon hosil qilib, magnitlanadi.
Moddadagi natijaviy maydon magnit induksiya vektori V bilan
xarakterlanadi. Magnit induksiya V tashqi magnit maydon kuch-
langanligi va moddaning magnitlanganligi bilan quyidagicha
bog‘langan:






B
H
I
4
.
Magnit induksiya yana quyidagicha aniqlanishi mumkin:
,
H
B




bu yerda,  — magnit singdiruvchanlik. Barcha muhitda 

1 va
butun maydonni to‘ldirgan izotrop bir jinsli muhitda ko‘rilayot-


86
gan nuqtada magnit induksiya vakuumdagiga nisbatan qancha
kattaligini (yoki kichikligini) bildiradi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling