Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Magnetiklarning sinflanishi
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Magnetiklarning sinflanishi. Magnetiklar magnit xossalariga
ko‘ra kuchsiz magnitlangan va kuchli magnitlangan guruhlarga bo‘linadi. Kuchsiz magnitlangan moddalarga paramagnetiklar va ferromagnetiklar, kuchli magnitlangan moddalar guruhiga, aso- san, ferromagnetiklar kiradi. Kuchsiz magnitlangan moddalar uchun birga yaqin, paramagnetiklar uchun 1, diamagnetiklar uchun 1. Kuschiz magnitlangan moddalar uchun moddalar magnitlanadigan induksiya V 0 ga bog‘liq emas. Kuchli magnit- langan moddalar uchun 1 va V 0 ga bog‘liq. Tashqi magnit maydon ta’sirida atom yoki molekulalari magnit momentlarga ega bo‘lmagan moddalar diamagnetiklar deyiladi. Inert gazlar (oltin, rux, mis, simob, kumush), suv, shisha, marmar va ko‘pgina organik birikmalar diamagnetiklar hisoblanadi. Diamagnetik magnit maydoniga kiritilsa, uning har bir atomida (yoki molekulasida) mi P magnit momentiga ega qo‘shimcha induksiya toki induksiyalanadi. Ichki maydon magnit induksiya vektori tashqi maydon induksiya vektoriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi, shuning uchun 1. Diamagnetik moddaning magnitlanishi ham shundan iborat. Diamagnetizm barcha modda- larga xos jarayon, lekin juda kuchsiz ta’sirga ega. Atomi (yoki molekulalari) ma’lum m P magnit momentiga ega bo‘lgan moddalar paramagnetiklar deyiladi. Paramagnetiklarga kislorod, azot oksidi, aluminiy, platina, noyob tuproq element- lari, ishqoriy va ishqoriy tuproq metallari hamda boshqa moddalar kiradi. Tashqi magnit maydon mavjud bo‘lmaganda atom (molekula) magnit momentlari tartibsiz harakatlanadi va modda magnitlanmaydi — unda xususiy (ichki) magnit maydon yuzaga keladi. Paramagnetik bir jinsli magnit maydonga ta’sir etganda barcha atom (molekula) toklarining natijaviy magnit maydoni 87 hosil bo‘ladi va modda magnitlanadi — unda xususiy magnit maydon hosil bo‘ladi. Uning induksiya vektori tashqi magnitlovchi maydon induksiya vektori bilan bir xil yo‘nalgan bo‘ladi. Shuning uchun paramagnetik 1 dan katta bo‘ladi. Diamagnetiklar va paramagnetiklar birga yaqin ga ega va magnit xossalariga ko‘ra texnikada qo‘llanilmaydi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling