Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Magnit yumshoq materiallar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

5.2. Magnit yumshoq materiallar
Texnikada magnit xossalarini hisobga olgan holda qo‘llani-
ladigan material magnit material deyiladi.
Past chastotada magnit yumshoq materiallar kichik energiya
sarflab katta induksiya olish talab qilingan hollarda transformator
o‘zagi, elektromagnit, o‘lchash asboblarida va boshqalar sifatida
qo‘llaniladi.
Magnit yumshoq materiallarning turli guruhlarining ishlati-
lish chastota diapazoni ularning solishtirma elektr qarshilik  qiy-
matiga ma’lum darajada bog‘liq. Bu kattalik qiymati qancha katta


91
bo‘lsa, bu materialni shuncha yuqori chastotalarda ishlatish
mumkin.
Texnik sof temir. Texnik sof temir tarkibiga minimal qo‘shim-
chalardan 0,05% uglerod kiradi. Texnik sof temir ancha arzon va
texnologik material hisoblanadi; u yaxshi shtamplanadi va metall
kesuvchi stanoklarda yaxshi qayta ishlanadi. Temir o‘zgarmas
maydonda yuqori magnit xossalarga ega. Temirning solishtirma
elektr qarshiligi kichik bo‘lganligi sababli faqat o‘zgarmas magnit
maydonida ishlashga mo‘ljallangan mahsulotlar yasashda ishlati-
ladi. Temirning magnit xossalariga yo‘qotish qiyin bo‘lgan
kiritmalar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu kiritmalar vakuumda bir
necha marta qayta eritish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Uglerod, kislorod,
oltingugurtlar eng yomon kiritmalar hisoblanadi.
Temirning magnit xossalariga kimyoviy tarkibidan tashqari
urug‘ o‘lchamlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Birlik hajmda urug‘lar
soni qancha kam bo‘lsa, uning magnit xossalari shuncha yuqori
bo‘ladi. Texnik sof temirning solishtirma elektr qarshiligi kichikligi
tufayli u juda kam ishlatiladi, asosan, o‘zgarmas magnit oqimili
magnit simlar yasashda qo‘llaniladi. Odatda, texnik sof temir
cho‘yan marten pechlarida yoki konvertorlarda rafinadlash yo‘li
bilan olinadi. Undagi natijaviy kiritmalar miqdori 0,08—0,1 % ni
tashkil etadi. Chet elda bu material «armkotemir» nomi bilan
mashhur.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling