Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Ferromagnetiklar. Magnit materiallar sifatida texnikada
ferromagnit moddalar va ferromagnit kimyoviy birikmalar (ferritlar) qo‘llaniladi. Ularga temir, nikel, kobalt va ularning qotishmalari, xrom, marganes, gadoliniy qotishmalari kiradi. Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra ferromagnetiklar ko‘p sonli sohalarga yoki 0,001—10 mm 3 o‘lchamli domenlarga bo‘linadi. Sohalarning har biri Kyuri temperaturasidan past qiymatda kuchli magnitlangan, lekin alohida domenlarning magnitlanganlik yo‘nalishlari turlicha, shu sababli ferromagnetikning to‘liq mag- nit momenti nolga teng bo‘ladi. Tashqi magnit maydoni ta’sirida ferromagnit materialning magnitlanish jarayoni magnit domenla- rini tashqi maydon yo‘nalishida burishga olib keladi. Bunda domenlarning magnit momentlari yo‘nalish bo‘ylab yo‘naltiril- gan bo‘lib magnit to‘yinish yuz beradi. I ning N ga bog‘liqligi magnitlanganlikning texnik egri chizig‘i deyiladi (5.1-rasm). 5.1-rasm. Ferromagnetik magnitlanganlik egri chizig‘i. I H 88 Nisbiy magnit singdiruvchanlik katta qiymatlarga ega va tashqi maydon N ga bog‘liq. Masalan, permolloy uchun (78 % Ni va 22 % Fe) singdiruvchanlik MAKS = 100 000. Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi 5.3- rasmda keltirilgandek temperaturaga bog‘liq bo‘lib, Kyuri tempe- raturasiga (nuqtasiga) yaqin temperaturada maksimumiga yetadi. 5.2-rasm. «Armko» temiri uchun magnit singdiruvchanlik ning maydon kuchlanganligiga bog‘liqligi. M·10 4 3 2 1 0 20 40 60 80 100 H,A/m m M 5.3-rasm. Ferromagnit materiallar sining temperaturaga bog‘liqligi. Tk T 89 Sof temir uchun Kyuri nuqtasi 768°C, nikel uchun 358°C, ko- balt uchun 1131°C ga teng. Ferromagnetiklarda doim modda joylashgan magnit may- doni ta’sirida magnitlanganlik kattaligining o‘zgarishi kechga qolishi kuzatiladi. Uning ma’nosi shuki, ferromagnetikning magnit xossalari (, I ) faqat moddaning shu momentdagi holatiga emas, oldingi vaqt momentlarida va I larning qiymatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa magnit gisterezisi deyiladi. Magnit maydoniga joylashtirilgan ferromagnit jism induk- siyasining shu maydon induksiyasining +N dan —N gacha va teskari yo‘nalishda o‘zgarishiga bog‘liqlik egri chizig‘i gisterezis sirtmog‘i deb ataladi (5.4-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar magnitlanish jarayoni dastlabki holatdan to‘yinish holatigacha OA egri chizig‘i bo‘ylab o‘zgarsa, N kamaygan sari magnitlan- ganlik kattaligi AB R egri chizig‘i bo‘ylab kechga qolish bilan o‘zgaradi. N = 0 bo‘lganda ferromagnetikda ma’lum qoldiq induk- 5.4-rasm. Magnit gisterezisi. B, T B H B R 0,08 A H C -2 -4 -6 0 4 2 6 H, kA/m 0,04 -0,04 -0,08 -B H -B R B 90 siya B R mavjud bo‘ladi. Bu degani, ferromagnetikda tashqi maydon mavjud bo‘lmaganda ham uning xususiy magnit maydoni mavjud bo‘ladi. Induksiya qiymatini B R dan nolgacha kamaytirish uchun teskari yo‘nalgan maydon kuchlanganligi N S ni ta’sir ettirish kerak. U koersitiv (ushlab turuvchi) kuch deb ataladi. Teskari yo‘nalishdagi maydon kuchaytirilsa ferromagnetik magnitsizla- nishi, qayta magnitlanishi va magnit maydon yo‘nalishi o‘zgarsa, induksiya yana dastlabki holatiga kelishi mumkin. Demak, yopiq, O nuqtaga nisbatan simmetrik egri chiziq — gisterezis sirtmog‘i hosil bo‘ladi. Kichik N S qiymatiga va katta magnit singdiruvchanlikka ega bo‘lgan materiallar — magnit yumshoq materiallar deyiladi. Katta koersitiv kuchga va nisbatan kichik singdiruvchanlikka ega mate- riallar magnit qattiq materiallar deyiladi. O‘zgaruvchan magnit maydon ta’sirida ferromagnetiklar qayta magnitlanishida doim issiqlik ko‘rinishida energiya yo‘qotilishi kuzatiladi. Ular gisterezisdagi yo‘qotishlar va dinamik yo‘qotishlar bilan tushuntiriladi. Uyurma toklardagi yo‘qotishlar ferromagnetik elektr qarshilikka proporsional bo‘ladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling