Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Permolloy tavsiflari. Temir-nikel qotishmalarining nisbiy
miqdorida nikelning o‘zgarishi natijasida asosiy magnit xossalari va solishtirma qarshilikning o‘zgarishi 5.5-rasmda keltirilgan. Tarki- bida 78,5% Ni bo‘lgan qotishma eng maksimal magnit singdi- ruvchanlik max qiymatiga ega. Yana tarkibida 40—50 % Ni bo‘lgan qotishmada nisbatan kichik max qiymati kuzatiladi. Bunday per- molloylar tarkibida 70—80 % Ni bo‘lgan yuqori nikellangan permolloy- lardan farqli ravishda past nikellangan permolloylar deb ataladi. Yuqori nikellangan permolloylarning magnit singdiruvchan- ligi past nikellangan permolloyning bu kattaligidan bir necha marta va elektrotexnik po‘latga nisbatan bir necha o‘n marta katta bo‘ladi. Yuqori nikellangan permolloyning to‘yinish induksiyasi elektrotexnik po‘latga nisbatan 2 baravar va past nikellangan permolloyga nisbatan 1,5 baravar kam bo‘ladi. Demak, yuqori nikellangan permolloylarni katta quvvatli kuch transformatorlarining o‘zagi va boshqa kuchli magnit maydon hosil qilish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan qurilmalar sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Yuqori nikellangan permolloyning solishtirma elektr qarshi- ligi past nikellangan permolloynikidan 2 marta kichik. Demak, o‘zgaruvchi magnit maydonda, ayniqsa, yuqori chastotalarda, past nikellangan permolloylar qo‘llash afzal. 95 5.5- rasm. Temir-nikel qotishmalarining nisbiy miqdorida nikelning o‘zgarishi natijasida asosiy magnit xossalari va solishtirma qarshilikning o‘zgarishi. B maks T 2,5 2 1,5 1 0,5 0 10000 M maks 5000 0 Hc, A/m 1280 950 640 320 0 , mk ·m 1 0,8 0,6 0,4 0,2 0 20 40 60 80 100 %, Ni 96 Permolloylarning magnit xossalari tashqi mexanik kuchla- nishlarga juda ta’sirchan, qotishmadagi begona aralashma borligi va uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq hamda materialni termoishlov berish (temperatura, qizish va sovish tezligi va b.) rejimiga bog‘liq ravishda keskin o‘zgaradi. Temir-nikel markalari to‘rt guruhga bo‘lingan to‘qqiz turdan iborat: 1) 45N, 50N tarkibida 45 va 50% Ni bo‘lgan legirlanmagan past nikelli permolloylar. Bu qotishmalar max = 25000 va max = 35000 ga teng bo‘lib, qayta magnitlanishsiz ishlaydigan kichik o‘lchamli kuch transformator o‘zagi, drossel, relelarda qo‘llaniladi. 2) 50NP, 65NP, 34NKMP — to‘g‘ri to‘rtburchak gisterezis sirtmog‘iga ega qotishmalar. Ularning xossalari va qo‘llanish sohalari 5.3 bo‘limda keltirilgan. 3) 50NXS — tarkibida 50 % Ni bo‘lgan xrom va kremniy bilan legirlangan past nikellangan permolloy. Ular qayta mag- nitlanishsiz yoki uncha katta bo‘lmagan magnitlanish bilan ishlay- digan impulsli transformator o‘zaklari, tovush va yuqori chastota aloqa qurilmalarida foydalanishga tavsiya etiladi. 4) 79NM, 80NXS, 76NXD — yuqori nikellangan per- molloy (79%Ni; 80%Ni; 76% Ni), mos ravishda molibden bilan (3,8—4,1 %), xrom va kremniy, xrom va mis (4,8—5,2 %) bilan legirlangan. Kuchsiz maydonlarda yuqori singdiruvchanlikka ega — max = 15000. Bu guruh qotishmalari kichik o‘lchamli trans- formator o‘zagi, rele va magnit ekranlar; 0,02 mm qalinlikda — impuls transformatorlari, magnit kuchaytirgichlar va kontaktsiz relelar ishlab chiqarishda tavsiya etiladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling