107
mashinalarda sirpanuvchi kontakt bo‘lib xizmat qiladigan cho‘t-
kalar yasaladi.
Sirpanuvchi kontaktlar tokni kollektorga ulaydi (yoki uzadi).
Bundan
tashqari, elektr-ko‘mir mahsulotlar projektor va yoyli
elektr
zanjirlari elektrodlari, galvanik elementlarning anodlari
sifatida ham qo‘llaniladi. Ko‘mir kukunlari mikrofonlarda tovush
bosimiga mos ravishda o‘zgaruvchi qarshilik hosil qilishda ishlatiladi.
Ko‘mirdan telefon tarmoqlari uchun
yuqori omli rezistorlar va
razryadniklar yasashadi.
Ko‘mirdan yasalgan mahsulotlar solishtirma qarshilikning
manfiy temperatura koeffitsiyenti TK
ga ega.
Cho‘tkalar turli o‘lchamlarda ishlab chiqariladi (kollektorda
qo‘llaniladigan cho‘tkalarning kontakt sirti 4
4 dan 35
35 mm
gacha, balandligi 12—70 mm bo‘lishi mumkin).
Ko‘mir mahsulotlarni ishlab chiqarishda
xomashyo sifatida
qurum, grafit yoki antratsit qo‘llanilishi mumkin.
Qurum ko‘pgina
organik birikmalarning to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi.
Grafit — erkin ugleroddan olinadigan sodda modda.
Antratsit —
tarkibida 96 % dan ortiq uglerod bo‘lgan to‘sinning chirish mah-
sulotidir.
Elektr-ko‘mir mahsulotlarini olish uchun maydalangan massa
toshko‘mir, smola yoki suyuq shisha (Na
2
SiO
3
suvli eritma) bilan
aralashtiriladi va mos keladigan press-shakllarda kuydiriladi. Yuqori
kuydirish temperaturalarida (2200° gacha) uglerod sun’iy ravishda
grafit shakliga o‘tkaziladi. Bu jarayon
grafitlash deb ataladi.
Cho‘tkalar ko‘mir-grafitli (T va TG); grafitli (G); elektr-gra-
fitli, ya’ni grafitlangan (EG); mis-grafitli (tarkibida mis bo‘lgan)
turlarga bo‘linadi.
Cho‘tkalarning turli markalari solishtirma qarshilik, tok zich-
ligi, ishqalanish koeffitsiyenti, cho‘tkaning
qattiqligi, kollektor-
dagi chiziqli tezlik kabi kattaliklari bilan farqlanadi.