106
VI BOB.
YÎRDAMCHI MATERIALLAR
6.1. Metall kontakt materiallar
Elektr zanjirlarida doimiy kontaktlar
va zanjirni doimiy
ravishda ulash va uzish uchun xizmat qiladigan kontaktlar qo‘l-
laniladi. Ikkinchi turga uzish kontaktlari va sirpanuvchi kontaktlar
kiradi.
Katta tok kuchlari va yuqori kuchlanishlarda elektr zanjirlarini
uzish uchun xizmat qiladigan uzish kontaktlari yasalgan material,
uzilgan holatda kontaktning juda kichik
elektr qarshiligida ham
yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi kerak. Uzish kontaktlari uchun
material sifatida qiyin eriydigan
sof metallardan tashqari, turli
qotishmalar va metall-keramika kompozitsiyalari ham ishlatiladi.
Massadagi kadmiy oksid tarkibi 12—20 % bo‘lgan
Ag-CdO
material tizimi eng keng qo‘llaniladi. Bunday material kumush —
kadmiy qotishmasini oksidlovchi atmosferada qizdirish yordamida
hosil qilinadi. Katta quvvatli uskunalarda uzish kontaktlari yasash
uchun Ag ni Co, Ni, Cr, W, Mo va Ta bilan; Cu ni W va Mo bilan
Au ni W va Mo bilan kompozitsiyalari qo‘llaniladi.
Sirpanuvchi kontaktlar uchun
ishlatiladigan materiallar
bug‘lanishga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘lishlari kerak.
Bu maqsadda sovuq tortilgan (qattiq) mis, berilliy bronza hamda
Ag-CdO tizimli materiallar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: