Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchan rezistorlar.
Tolali rezistorlar. Tolali rezistorlar temperaturaga nisbatan
yuqori barqarorlikka va termochidamlilikka ega. Bu rezistorlarning asosiy kamchiligi — qarshiliklari diapazonining cheklanganligi (bir necha yuz kOm largacha) va bahosi nisbatan yuqoriligidir. C5-35, C5-36, C5-37V rezistorlari yuqori sochilish quvva- tiga (100 W gacha), katta massaga (300 g gacha) va o‘lchamlarga ega bo‘lib, kuch qurilmalari (masalan, to‘g‘rilagichlar) da ishlatiladi. C5-31 (mikrotolali, mikrokichik) rezistorlari mikroelek- tron apparaturada, masalan, radio qabul traktlarida, hisoblash qurilmalarida qo‘llaniladi va bevosita gibrid IS lar asoslariga o‘rnatiladi. O‘zgaruvchan rezistorlar. Radioeshittirish va televizion ap- paratlarda ovoz balandligini, tembrni, ravshanlikni, kontrastlik- ni, qatorlar va kadrlar chastotasini, televizion tasvir o‘lcham- larini rostlagich sifatida va boshqa maqsadlarda umumiy ishlarga mo‘ljallangan o‘zgaruvchan rezistorlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, bu rezistorlar ishlab chiqarish, tibbiyot va boshqa maxsus apparatlarda o‘tayotgan tok yoki olinadigan kuchlanishga bog‘liq bo‘lgan parametrlarni rostlagich bo‘lib xizmat qiladi. Barcha hollarda ular apparatlarni ishlatishda zarur bo‘lgan 125 rostlagich elementlar rolini bajarganligi sababli ulardan foyda- lanishda qulay bo‘lishlik, qarshilikning induktivlik yoki bu qonun (chiziqli, logarifmik, eksponensial) bo‘yicha bir tekis o‘zgarishi, ishonchli bo‘lishi va tuzatish ishlarida tezda almashtiradigan bo‘lishi talab etiladi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rostlovchi o‘zgaruvchan rezistorlardan tashqari ko‘plab ishlab chiqarilgan radioapparatlarni sozlash va rostlash uchun moslanuvchi kichik o‘lchamli rezistorlar qo‘llaniladi. Bu rezistorlar, odatda, radioapparat korpusining ichiga o‘rnatiladi va induktivlik sozlanib va rostlangandan so‘ng rezistorlar o‘qlarining holati nitroemal yordamida belgilab (cheklab) qo‘yiladi. Shu yo‘l bilan mexanik va va boshqa ta’sirlar ostida qarshilik o‘zgarishining oldi olinadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling