Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Rezistorlarning chastota xossalari
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Rezistorlarning chastota xossalari. Rezistorlar chastotalar
diapazonida ishlaganida ularning qarshiligi o‘zgarmas tok holidagi nominalga nisbatan o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa, megagers chastotalar diapazoni uchun detsibellarni tashkil etishi mumkin. Umumiy holda rezistorning yuqori chastotalar uchun sodda- lashtirilgan ekvivalent sxemasi o‘zining R aktiv qarshiligidan tashqari reaktiv tashkil etuvchilar — PAR L , PAR L induktivliklar va C PAR sig‘imni o‘z ichiga oladi (6.6-rasm). Rezistorning chastota xossalarini yomonlashtirgani sababli PAR L , PAR L va C PAR larni 6.6-rasm. Yuqori chastotalarga mo‘ljallangan rezistorlarning ekvivalent sxemasi. L par R C par L par 118 parazit kattaliklar deyiladi. Turli rezistorlarda parazit induktivlik va sig‘im turlicha yuzaga keladi, shuning uchun ularni kamaytirish choralari ham turlicha bo‘ladi. Bular haqida rezistor turlarini bayon etayotganda to‘xtalib o‘tamiz. Sim rezistorlarda parazit induktivlik o‘tkazgich chulg‘amida o‘ramlar orasida paydo bo‘ladi. Simli rezistorlarning yuqori chastotaviylik xususiyati simsiz rezistorlarnikiga nisbatan yomon bo‘lganligidan maxsus choralar ko‘rmasdan ulardan foydalanish o‘zgarmas tok sohasi va tovush chastotalari diapazoniga qarab chegaralangan bo‘ladi. Ma’lumki, chastota ortishi bilan umumiy qarshilikning induk- tiv tashkil etuvchisi ortadi, sig‘im tashkil etuvchisi esa kamayadi. Shuning uchun sim rezistor qarshiligi, umuman olganda, induktivlik u yoki bu tarafga o‘zgarishi mumkin. Biroq chastota ortishi bilan sim rezistor qarshiligi ham doim ortadi. Bu holat sirtqi effekt asosida tushuntiriladi. O‘zgaruvchan maydon chastotasining ortishi bilan o‘tkaz- gich ichida tok (Fuko toklari) induksiyalanadi. U o‘tayotgan o‘zgaruvchan tokni o‘tkazuvchining amaldagi kesimi uning o‘zgarmas tok uchun kesimi (to‘la kesim)ga nisbatan kamayadi va doiraviy kesimli o‘tkazgichlarda halqa shaklini oladi. Bu halqa simning tashqi diametri d va dx E — diametr orasidagi farq asosida hosil bo‘ladi (6.7-rasm). ) /( 2 1 f э kattalik yuqori chastotali tokning o‘tkaz- gichga kirish chuqurligi (mm) deyiladi (bu yerda, — solish- tirma hajmiy qarshilik (Om m/mm 2 ); f — o‘zgaruvchan tok chas- totasi (MHz); — nisbiy magnit o‘tkazuvchanlik). Chastota qanchalik yuqori bo‘lsa, x e va halqa yuzasi shunchalik kichik, simli rezistor qarshiligi esa, shunchalik katta bo‘ladi. 119 Simsiz rezistorlarda sirtqi effekt ta’sirini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi, chunki ular donador tuzilishga ega va donalar diametri, odatda, kirish chuqurligidan ancha kichik bo‘ladi. Ular uchun qarshilikning chastotaga bog‘liqligi, asosan, parazit sig‘im va induktivlik bilan belgilanadi. Spiralsimon kesimsiz (kichik Omli) simsiz rezistorlarda qarshilik chastota bilan birga kattalashadi, chunki ularning ekvivalent sxemalarida parazit sig‘im yo‘q, para- zit induktivlik esa bor. Spiralsimon kesimli simsiz rezistorlarda esa, aksincha, parazit induktivlik ta’sirini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Qarshilikning kamayishiga kesim o‘yiqlarida tarqalayotgan sig‘im ko‘rinishida paydo bo‘luvchi parazit sig‘imning shuntlovchi ta’siri sabab bo‘ladi (6.8- rasm). Sig‘im tok o‘tkazuvchi qatlam qanchalik qalin, qatlamning dielektrik o‘tkazuvchanligi qanchalik yuqori va kesim o‘ramlarining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, parazit sig‘im shunchalik katta va rezistorning chastota xossalari shunchalik yomon bo‘ladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling