Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

R
nom
nominal solishtirma quvvati. Bu kattalik rezistorning o‘z
parametrlarini belgilangan chegaralarda saqlangan holda muayyan
ishlatish sharoitida uzluksiz elektr yuklamada uzoq vaqt sochib
turishi mumkin bo‘lgan maksimal quvvatni bildiradi.
R
nom
(W) qiymatlari 0,01; 0,025; 0,05; 0,125; 0,25; 0,5; 1;
2; 5; 8; 10; 16; 25; 50; 75; 100; 160; 250; 500 qatoridan
tanlanadi. Odatda, nominal sochilish quvvati qancha katta bo‘lsa,
rezistorlar o‘lchami ham shuncha katta bo‘ladi.
Chegaraviy ish kuchlanishi U
cheg
. Rezistorning chiqish
simlariga qo‘yilgan elektr parametrlarini buzmaydigan maksimal
yo‘l qo‘yilgan kuchlanish chegaraviy ish kuchlanishi deyiladi. Bu
kattalik, odatda, normal ish sharoiti uchun berilgan bo‘lib, rezis-
tor uzunligi, spiralsimon spiral qadami, atrof-muhit temperatu-
rasi va bosimiga bog‘liq. Temperatura qanchalik yuqori va atmosfera
bosimi qanchalik past bo‘lsa, rezistorning issiqdan yoki elektrdan
buzilish va ishdan chiqish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi.
Qarshilikning temperatura koeffitsiyenti (QTK). Bu parametr
rezistor qarshiligining atrof-muhit temperaturasi 1°Ñ ga o‘zgar-
gandagi nisbiy o‘zgarishini ko‘rsatadi va 1/°Ñ larda ifodalanadi:


116
QTK =
)
/(
t
R
R
o


,
bu yerda, R — rezistor qarshiligi (Om) ning 
  
o
t
t t
(°C)
temperatura diapazonida absolut o‘zgarishi;
R
0
— rezistorning normal temperaturadagi qarshiligi (Om);
l
— rezistorning chegaraviy ishlatish temperaturasi (°C).
Shovqinlar. Rezistorlarga o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan
kuchlanish berilganda ularda shovqin paydo bo‘ladi. Bu shovqin
rezistor kuchlanishining o‘zgarmas holatiga qo‘shiluvchi o‘zga-
ruvchan tashkil etuvchidan iborat. Natijada signalning o‘tishiga
xalaqit beradi. Radio qabulqilgichlarning kirish zanjirlarida
ishlatiladigan rezistorlar shovqinlari, ayniqsa, zararlidir. Chunki
ular, qabul qilinayotgan foydali signal bilan birgalikda kuchay-
tiriladi.
Rezistorlarning xususiy shovqini ikki xil: issiqlik va tok shov-
qini bo‘ladi. Issiqlik shovqinlari elektronlarning, tok o‘tkazuvchi
qatlamda tartibsiz harakati («Broun harakati») ta’sirida paydo
bo‘ladi. Bu hol rezistorlar qarshiligining tasodifiy mikroo‘zgarish-
lariga olib keladi, natijada, rezistorda kuchlanishning o‘zgaruv-
chan pulsatsiyasi paydo bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilishi bilan
issiqlik shovqinlari ortadi. Issiqlik shovqinlari barcha turdagi
rezistorlarga xos bo‘lsa-da, «tok» shovqinlariga nisbatan kamroq
ta’sirga ega. Shuning uchun ular tok shovqinlari bo‘lmagan simli
rezistorlarda muhim rol o‘ynaydi. Issiqlik shovqinlarining elektr
harakatlantiruvchi kuchi (mkV)
F
TR
k
E
sh
i




4
.
,
bu yerda, k — Bolsman doimiysi, 1,38/19
-34
J/K ga teng;
 T — temperatura (
0
C);
 R — qarshilik (Om);
F — qo‘llanayotgan rezistorning chastotalar polosasi.


117
Tok shovqinlari donador tuzilishga ega bo‘lgan uglerodli,
metall qoplangan va kompozitsion rezistorlarda paydo bo‘ladi. Tok
shovqinlari darajasi (mkV/V) tasodifiy tashkil etuvchi E
i.sh
qiy-
matining rezistorga qo‘yilgan o‘zgarmas kuchlanishga nisbati
bilan belgilanadi: 

i sh
D
E
U
.
/
.
Qo‘yilgan kuchlanish ortishi bilan
tok shovqinlari ko‘payadi.
Kompozitsion rezistorlar eng shovqinli hisoblanadi, shu
sababli ular qabul qilish qurilmalarining kirish zanjirlarida kam
ishlatiladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling