120
yoki impuls tarzidaligi) o‘zgarishi mumkin. Bu hollarda qarshilik-
ning o‘zgarishi kuchlanish yoki tok birligining foizlari hisobida,
yoki kuchlanish, yoki tokka o‘tishda faqat foizlar hisobida, yoki
uzluksiz ishlash tartibidan impuls tarzida ishlashga o‘tishda foizlar
hisobida ifodalanadi va tegishlicha
kuchlanish yuklama koef-
fitsiyentlari yoki impuls yuklama koeffitsiyenti orqali ifodalanadi.
6.5. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan
rezistorlar
Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan rezistorlar o‘rtacha
aniqlikdagi (5—20%) apparatlar elementlari
sifatida ishlatiladi
va qarshiligining nominal qiymatlari birlik Om lardan 10 MOm
gacha bo‘lib, yuzlab volt oralig‘idagi ish kuchlanishiga, 0,125 dan
2 W gacha va undan yuqori nominal sochilish quvvatlari diapa-
zoniga, o‘nlab magagersgacha bo‘lgan chastota diapazoniga,
10
3
· 1/°C tartibidagi o‘rtacha QTK qiymatiga ega. Ularning qarshi-
ligi ishlash (saqlash) muddati oxirida ko‘pi bilan 10% ga
o‘zgaradi.
Shu guruhdagi rezistorlar
keng miqyosda ishlatiladigan
REAlarda, shuningdek,
aniqligiga, barqarorligiga va yuqori
6.8-rasm. Rezba ariqchalarida taqsimlangan parazit
sig‘imning hosil bo‘lishi.
I
I
D
121
chastotaligiga katta talablar qo‘yilmaydigan, maxsus ishga mo‘l-
jallangan apparatlarning elektr zanjirlarida
anod va kollektor
yuklamalari, emmiter, baza va stok,
tebranish konturlari
shuntlarining zanjirlaridagi sizilish va siljish qarshiliklari va
boshqalar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: