Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Kompozitsion simsiz o‘zgaruvchan rezistorlar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simli kuchli va kuchsiz toklarda ishlash mo‘ljallangan o‘zgaruvchan rezistorlar
Kompozitsion simsiz o‘zgaruvchan rezistorlar. Bu rezis-
torlar o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ulardan biri 6.4-rasmda ko‘rsatilgan edi. Biroq yakka yoki qo‘shaloq konstruksiya, uzgichli va ekranli yoki ularsiz chiqish uchlari radial yoki aksial, bikir yoki egiluvchan, o‘qi yakka yoki qo‘shaloq, o‘qi qotirib qo‘ygichli yoki qo‘ygichsiz kabi qo‘shimcha belgilarning xilma-xilligi bu rezistorlarning shakli o‘lchamlari va massasiga ko‘ra xilma-xil bo‘lgan ko‘p sondagi turlarining mavjudligiga sabab bo‘ldi (6.10- a, d rasm). 6.10-rasm. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan o‘zgaruvchan simsiz rezistorlar: a—SP3=19a; b—SP3=28; d—SP4-3=0,25. a b d 126 Simli kuchli va kuchsiz toklarda ishlash mo‘ljallangan o‘zgaruvchan rezistorlar (6.11- a, e rasm) REA larni ishlatish va moslashda rostlovchi va sozlovchi elementlar sifatida ishla- tiladi. 6.6. Pretsizion rezistorlar Yuqori aniqlikka (0,055%) va barqarorlikka (QTK 10 -4 ·1/°C) ega bo‘lgan rezistorlar pretsizion rezistorlar hisoblanadi. Ular- ning nominal qarshiligi 1 Om dan 1 MOm gacha, chegaraviy ishchi kuchlanishi bir necha yuz voltdan ortiq emas, nominal sochilish quvvati diapazoni — 0,05 dan 2 W gacha, chastota diapazoni — birlik megagerslargacha, ishlash muddatining oxiridagi qarshilik o‘zgarishi — bir necha foizdir. Pretsizion rezistorlar aniq o‘lchov apparaturasida va maxsus ishga mo‘ljal- langan apparaturaning nozik zanjirlarida, shuningdek, qarshilik magazinlarining elementlari sifatida, bo‘lgichlar va yuqori aniq- likdagi shuntlar zanjirlarida hamda turli datchiklar va sxemalar yuklamasi sifatida ishlatiladi. 6.11-rasm. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan o‘zgaruvchan rezistorlar: a—SP5=2V; b—SP5=3V; d—SP5-16VA=0,25; e—SP5=20V. a b d e 127 Pretsizion rezistorlarning ba’zi turlari 6.12- a, e rasmda tasvirlangan. Pretsizion rezistorlar simli va simsiz bo‘lishi mumkin. Ikkala holda ham ularning yuqori aniqlikda bo‘lishini ta’minlash uchun berilgan nominal qarshilikda texnologik to‘g‘rilash ishlari bajariladi. Birinchi holda o‘ramda o‘ramlar soni o‘zgartiriladi, ikkinchi holda esa, tok o‘tkazuvchi element rostlanadi (sortirov- ka qilinadi), masalan, karkasda qo‘shimcha o‘yiqlar o‘yiladi. Pretsizion rezistorlarning yuqori barqarorligini ta’minlash uchun turli usullardan foydalaniladi. Simsiz rezistorlarda issiqlik tarqatuvchi sirtlari kattalashib tok o‘tkazuvchi qatlamning qizishi kamaytiriladi, rezistorlar uzoq muddatli elektr termoishlovga qo‘yiladi. Hozirgi kunda faqat cheklangan sondagi pretsizion rezistorlar ishlatilmoqda. Pretsizion rezistorlar sifatida ko‘pincha simli rezistorlar ishlatiladi. Uning simi kichik musbat solishtirma qarshilik temperatura koeffitsiyentiga ega bo‘lib, eskirish jarayonida o‘z xossasini o‘zgartirmaydi va atrof-muhit ta’siriga chidamlidir. Narxining balandligi, o‘lchamining kattaligi va ko‘pincha cheklangan chastota diapazoniga ega bo‘lishi simli rezistorlarning asosiy kamchligi hisoblanadi. Biroq mikrometallurgiyaning 6.12-rasm. Pretsizion rezistorlar: a—S2=31; b—S5-5=1; d—S5=416; e—S5=53. a b d e 128 rivojlanishi (shisha izolatsiyali mikrosimlarning olinishi) o‘l- chamlari pretsizion simsiz rezistorlarning o‘lchamlariga yaqin va hatto ulardan ham kichik bo‘lgan simli rezistorlar ishlab chiqa- rishga imkon berdi. Qator konstruktiv choralar ko‘rish (qarama- qarshi o‘rash, qo‘shni o‘rash, metall karkaslar qo‘llash) natijasida simli rezistorlarning parazit induktivligi va sig‘imi lozim bo‘lgan minimumga keltirilishi va shu yo‘l bilan bu rezistorlarning megagers diapazonda ishlashi ta’minlanishi mumkin. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling