Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Ko‘p plastinkali konstruksiya


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Ko‘p plastinkali konstruksiya o‘zgaruvchan sig‘imli havo
kondensatorlariga xosdir (7.5-rasm). Korpus 4, stator va rotor
seksiyalari, o‘q va statorni osish sistemalari, o‘q va tok ajrat-
gich 6 bunday kondensatorlarning asosiy elementi hisoblanadi.
Stator seksiyasi plastinalar 5 dan, rotor seksiyasi esa plasti-
nalar 10 va 11 dan iborat. Ular turli yo‘llar bilan (chokni
bostirish, kavsharlash, chetlarini qayirish, o‘tkazish usuli)
shvellerlarga va o‘qqa o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor, odatda, korpusga
(yerga ulangan) stator esa, undan ajratilgan bo‘ladi.
7.5-rasm. O‘zgaruvchan sig‘imli ko‘p plastinkali
havo kondensatorlari:
1—rotor tarog‘i; 2—o‘q; 3—zoldirli podshiðnik; 4—korpus;
5—stator plastinkasi; 6—tok olgich; 7—mahkamlash vali;
8—turumostligi; 9—mahkamlash plankasi; 10, 11—rotorning
qirqilgan va qirqilmagan plastinkasi.
3
1
2
4
5
6
7
8
9
10
11


140
O‘qni aylantirganda, rotor va stator plastinalarining o‘zaro
holati 0 dan 180° gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi, natijada ular
to‘siladi va kondensatorning sig‘imi o‘zgaradi. Sig‘imning
o‘zgarish qonuni aylanish burchagiga qarab, ko‘pincha rotor
plastinalarining shakli, ba’zida esa, stator plastinalarining
shakli bilan belgilanadi. Turumostligi 8 o‘qning ravon aylani-
shini sozlash uchun xizmat qiladi. Rotorning chekkadagi plasti-
nalari 10 qirqilgan bo‘ladi. Plastina sektorining bir qismini
qayirib yoki ichiga bukib sig‘imni berilgan kichik bir aylanish
burchagi uchun kondensator sig‘imining o‘zgarish qonuniga
muvofiq talab etiladigan qiymatga to‘g‘rilanadi.
7.2. Asosiy parametrlar
Barcha turdagi kondensatorlarning asosiy parametrlari —
nominal sig‘im, aniqlik sinfi, sig‘imning temperatura koeffi-
tsiyenti, nominal ishchi kuchlanish, izolatsiya qarshiligi,
chastota xarakteristikalari, o‘zgaruvchan va yarimo‘zgaruvchan
kondensatorlar uchun esa, bundan tashqari sig‘imning ayla-
nish burchagiga ko‘ra o‘zgarish qonuni va uning diapazonidan
iborat.
Kondensatorning sig‘imi (F) umumiy holda 


C
Q U
ifodadan aniqlanadi.
Bu yerda, Q — qoplamalarda yig‘ilgan elektr zaryadi (Kl);
U — qoplamalardagi kuchlanish (V).
Yassi elektrodli kondensatorlar sig‘imi (pF) S = 0,0884 
S
d

,
bu yerda,  — dielektrikning nisbiy dielektrik singdiruv-
chanligi;
S — qoplamalar yuzasi (sm
2
);
d — dielektrikning qalinligi (sm).


141
Ko‘p plastinkali, paketsimon va quyma seksiyalarga bo‘lin-
gan kondensatorlar sig‘imi (pF)
2
1
0, 241
lg


l
C
D
D

,
bu yerda, l — qoplamalarning silindrsimon yasovchisi bo‘yicha
uzunligi, sm; D
1
va D
2
— naychaning tashqi va ichki diametri
(sm).
Naychaning qalinligi 
1
2
 

D
D
bo‘lsa, u holda,
1
0, 241
.
lg 1










l
C
D

Rulon ko‘rinishidagi kondensatorlar sig‘imi (pF)
0,1768
,
bl
C
d



bu yerda, b va l — tasmaga surtilgan qoplamaning eni va
uzunligi (sm).
Hajmiy g‘ovak anodli kondensatorlarning sig‘imini yassi
elektrodli kondensatorlar sig‘imi kabi hisoblash mumkin. Bunda
qoplama yuzasi S deb yassi silindrsimon sirti yuzasidan 40—50
marta katta bo‘lgan g‘ovak anodning to‘la samarali maydoni
tushuniladi, dielektrikning qalinligi d uchun esa, oksidlangan
yupqa tantal pardasining qalinligi olinadi. Kondensator sifati-
ning muhim xarakteristikalaridan biri solishtirma sig‘im (kon-
densatorning hajmi V ga nisbatan olingan sig‘im (pF/sm
3
)
cons
c
C


hisoblanadi.
Kichik o‘lchamli yoki jajji kondensatorlar yuqori solishtirma
sig‘imga ega bo‘lsalar-da, ularning nominal ish kuchlanishlari,


142
odatda, nisbatan past bo‘ladi. Qog‘ozli va elektrolitik konden-
satorlarning solishtirma sig‘imlari eng yuqori bo‘lib, sig‘imla-
rining dielektrik qalinligini kamaytirish (qog‘ozlilariniki 5 mkm
gacha, elektrolitiklariniki esa mkm ning yuzdan bir bo‘laklari-
gacha) va o‘rashda qoplama yuzasini kattalashtirib, yanada
oshirish mumkin. Kondensatorlar ko‘pchilik guruhining asosiy
aniqlik darajasi uchun nominal sig‘imlar qatori mavjud: I sinf
(5%) — E24 qatori; II sinf (10%) — E12 qatori; III sinf
(20%) — E6 qatori (harfdan keyingi raqam sig‘im qiymatlari
gradatsiyasi (zichligi) sonini ko‘rsatadi. Bu qiymatlar 10
n
ga
ko‘paytirilishi mumkin, bu yerda n — butun musbat yoki
manfiy son).
Elektrolitik kondensatorlarning nominal sig‘imlari 0,5; 1; 2;
5; 10; 20; 30; 50; 100; 200; 300; 500; 1000; 2000; 5000 qato-
ridan tanlanadi. To‘g‘ri burchakli korpuslardagi qog‘oz va yupqa
pardali dielektrikli kondensatorlarning nominal sig‘imi (0,1 mkF
va undan yuqori) quyidagi qiymatlar qatoriga ega: 0,1; 0,25;
0,5; 1; 2; 4; 6; 8; 10; 20; 40; 60; 80; 200; 400; 600; 800; 1000.
Blokirovka qiluvchi va ajratuvchi kondensatorlarni, odatda,
I va II sinflar bo‘yicha konturga oidlarini — 1,0 (2%), 0,5
(1%) va hatto yuqori daraja (0,5%) bo‘yicha tanlanadi, filtr-
lovchilari esa —50 dan +80% gacha bo‘lgan parametr tarqoqli-
giga ega.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling