137
o‘rtasida izolatsiyalovchi «tasmacha» hosil qilinadi. Kichik
o‘lchamdagi kondensatorlarda chiqish
simlarini buramasdan va
o‘tish hosil qilmasdan qoplamalarga qoplanadi. Naychasimon
kondensatorlar namga chidamli emal bilan qoplanadi,
ularning
rangi sig‘imning barqarorlik guruhini belgilaydi.
Disk ko‘rinishidagi konstruksiya ba’zi bir o‘zgarmas va
yarimo‘zgaruvchan keramik kondensatorlarga xosdir (7.3-
a, b
rasm). Kumush qoplamalar
2 va
4 keramik diskning ikkala sirtiga
kuydirib qoplanadi va yarimoy shaklida (disk qalinligi bo‘yicha
teshib o‘tgan sim chiqish uchlari
1 qattiq mahkamlangan) yoki
doirasimon (sim chiqish uchlari qoplamalarga qalaylangan)
bo‘ladi. Disk ko‘rinishidagi kondensatorlar ham rangli emal
bilan bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: