Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Yuqori megaomli va yuqori voltli rezistorlar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
6.8 Yuqori megaomli va yuqori voltli rezistorlar.
Maxsus ishlarga mo‘ljallangan rezistorlar Yuqori megaomli rezistorlar boshqalaridan nominal sochi- lish quvvatining past darajadaligi (o‘nlab millivatt va undan kichik tartibda) bilan farq qiladi. Ularning qarshiligi bir necha megaomdan minglab gigaomgacha boradi. Bu rezistorlarning aniqligi (5 30)%, QTK 10 -3 , —1/°C, ishchi kuchlanishi bir necha yuz volt, ishlash muddati oxirida qarshilikning o‘zgarishi 10—30%. Yuqori megaomli rezistorlar o‘lchash REAlarida (past chastotali ancha kuchsiz toklarni o‘lchashda, nurlanish dozi- metrlarda va b.) ishlatiladi. Yuqori megaomli rezistorlarning bundan katta qiymatlari baland solishtirma qarshilikli yupqa parda ko‘rinishidagi kompo- zitsiyalarni qo‘llash yo‘li bilan olinadi. Natijada rezistorlar sirtiga sochiluvchi quvvat bir millivattgacha va uning bo‘laklari qadar kamayadi. Yuqori voltli rezistor o‘nlab kilovolt tartibdagi chegaraviy ish kuchlanishiga, bir necha yuz kiloomdan o‘nlab gigaomga- cha nominal qarshilikka, 10—20 aniqlikka ega, QTK 10 -3 · 1/°C va ishlash muddati oxirida qarshiligi 10—25% ga o‘zgartiriladi. Nominal sochilish quvvati bir necha o‘n millivattdan o‘nlab vattgacha boradi. Bu rezistorlar uzatuvchi va boshqa REA larning yuqori voltli zanjirlarida kuchlanishni bo‘lgichlar, kuchlanishni yutgichlar va boshqalar sifatida ishlatiladi. Yuqori megaomli va yuqori voltli rezistorlarning ba’zilari 6.13-rasm d, e da tasvirlangan. Maxsus ishlarga mo‘ljallangan rezistorlar (6.13-rasm f, h) qarshilikning qo‘yilgan kuchlanishga (varistorlar), yorug‘likka (fotorezistorlar), temperaturaga (termorezistorlar) yoki quvvatga (termistorlar) qarab o‘zgarish prinsiðiga asoslangan. Bu guruh 131 rezistorlarni ishlatilish parametrlari va ularning diapazonlariga ko‘ra yaxlit to‘plam deb tavsiflash mumkin emas. Ular odatda, o‘lchagichlar, stabilizatorlar va turli xil signallarni elektr sig- nallariga aylantirgichlar sifatida ishlatiladi va ulardan avtonomika va telemexanika apparaturalarida, shuningdek, o‘lchov va indi- kator REAlarda foydalaniladi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling