Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Dozi va o’lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar. Reja


Download 0.63 Mb.
bet1/6
Sana12.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1265342
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza


Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Dozi va o’lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar.


Reja:

  1. Rentgen nurlanishi.

  2. Ionlashtiruvchi nurlanish va uning turlari.

  3. Ionlashtiruvchi nurlanishning xossalari.

  4. Dozimetriya. Dozi va o’lchov birliklari.

  5. Dozimetrik qurilmalar.



Rentgen nurlanishi – 10-5-80 nm to’lqin uzunligi diapazonidagi elektromag-nit nurlanish spektri hisoblanadi. 08.11.1895-yilda Germaniyalik fizik, Vyursburg universiteti professori Vilgelm Konrad Rentgen kechqun uyga qaytishdan oldin, tajriba laboratoriyasida elektr chirog‘ini o‘chiradi va qorong‘ulikda o‘chirishni unutib qoldirgan katod trubkasidan chiqayotgan noma’lum nurlanishga (X-rays, X-nurlanish) ko‘zi tushadi va tasodifiy holatda rentgen nurlanishini kashf qiladi.
V.Rentgen nurlanish yo‘lini bekituvchi qo'lining suyaklari tasviri fotoplastinkaga tushib qolganligini qayd qiladi va X-nurlanish haqidagi tadqiqotlari natijasini ilmiy maqola shaklida 28.12.1895-yilda taqdim etadi.
20.01.1896-yilda tibbiyot amaliyotida (AQSH) birinchi marta X-nurlanish yordamida singan qo‘l suyaklari tasviri olinadi. Shuningdek, 1896-yilda «The New York Times» jumalida Angliyalik, shifokor-jarroh Jon Xoll-Edvards tomonidan V.K.Rentgen kashf qilgan X-nurlanish yordamiqa mijoz qo’liga kirib ketgan nina sinig'ini aniqlaganligi haqidagi ma’lumot nashr qilinadi.

Rentgen trubkasi: ichki qismida bosim ~10-7-10-6 mm sm. ust.ga teng bo’lgan, 2 ta elektrod (anod va katod) o‘rnatilgan, shisha materialdan yasalgan kolbasimon shakldagi jism hisoblanadi.
Katod va anod o‘rtasida bir necha o‘n kV kuchlanish (U) berilishi ta’sirida yuzaga keluvchi elektr maydonda qo‘zg‘algan holatdagi elektronlar katta tezlikda anod tomonga harakatlanadi va anod yuzasiga kristall panjara bilan to‘qnashib, to‘xtaydi va Maksvel elektrodinamikasi qonuniyatlariga binoan, elektronlar tormozlanish vaqtida elektromagnit to‘lqin (X-nurlanish) tarqalishi qayd qilinadi.
1895-yilda Vilgelm Konrad Rentgen tomonidan rentgen nurlanishi yordamidagi fotografik plastinkaga tushirilgan dastlabki tasvir (V.K.Rentgenning turmush o‘rtog‘i Berta Rentgenning qo‘l suyagi rentgenogrammasi).
Rentgen nurlanishida kvant energiyasi quyidagi tenglama bilan
ifodalanadi.
hv ≤ eU;
Bu yerda: h-Plank doimiysi; v-rentgen kvanti chastota qiymati; e-elektro-magnit maydonda harakatlanuvchi elektronning zaryadi; U-elektronga tezlanish beruvchi kuchlanish qiymatini ifodalaydi.
Maksimal darajada chastotaga ega bo‘lgan rentgen nurlanish kvanti, ya’ni anod yuzasida tormozlanuvchi elektronning energiyasi (eU) to‘liq holatda rentgen nurlanishiga aylanishi uchun quyidagi tenglik amal qiladi:
;
O‘z navbatida, rentgen nurlanish kvanti maksimal darajada chastota qiymatiga ega bo‘lishi ehtimolligiga binoan, to’lqin uzunligi qiymati minimallashishi qayd qilinadi:
;
Bu yerda: с-yorug‘lik nuri tezligini ifodalaydi.
Shunday qilib, elektronga tezlanish beruvchi kuchlanish (U) qiymatini o‘zgartirish asosida, λmin qiymatni boshqarish mumkin.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling