Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Dozi va o’lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar. Reja


Ionlashtiruvchi nurlanish va uning turlari


Download 0.63 Mb.
bet2/6
Sana12.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1265342
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ionlashtiruvchi nurlanish va uning turlari.
Ionlashtiruvchi nurlanish - elektromagnit nurlanishning nisbatan batafsil o‘rganilgan spektri hisoblanib, aynan radiobiologiya va radiobiofizika fanining tadqiqot sohasini tashkil qiladi. Barcha zaryadlangan zarrachalar modda bilan ta’sirlashishda o‘z energiyasini yo‘qotishi, bu energiyaning modda atomi tomonidan
yutilishi hisobiga ionizatsiya hodisasi yuzaga kelishi qayd qilinadi. Masalan, o‘limga olib keluvchi ~600 Ber radiatsion nurlanish ta’sir ko‘rsatishi sharoitida, odam organizmida har 1 sm3 biologik to‘qimaga nisbatan taxminan 1015 dona ion hosil bo‘lishi hisoblab chiqilgan.
Ionlashtiruvchi nurlanish turlariga - elektromagnit nurlanish spektrlari (γ-nurlanish va rentgen nurlanishi), korpuskulyar nurlanish kiritiladi.
Rentgen nurlanishi 50-500 keV energiya diapazonini o‘z ichiga qamrab oladi. γ-nurlanish bir necha o‘n keV dan bir necha MeVgacha energiya dipazonini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, E<50 keV energiyaga ega rentgen nurlanishi - yengil ta’sirga ega va E>50 keV energiyaga ega holatda esa - kuchli (og‘ir) ta’sirga ega rentgen nurlanishi deb nomlanishi qabul qilingan.
Korpuskulyar nurlanish - elektron, pozitron, neytron, α-zarrachalar, protonlar, tezlashtirilgan ion kabilar tomonidan yuzaga keltiriladi. Jumladan, elektronlar ta’sirida yuzaga keluvchi nurlanish turi sifatida-radioaktiv atom yadrosi parchalanishida yuzaga keluvchi, 0,002-2,3 MeV energiyaga ega bo‘lgan elektronlar (β-zarrachalar) qayd qilinadi.
Korpuskulyar ionlashtiruvchi nurlanishga quyidagilar kiritiladi:
• β-Zarrachalar oqimi (elektronlar yoki pozitronlar oqimi);
• Protonlar ( H+), deytronlar (D+) oqimi;
• α-Nurlanish (geliy atomi yadrosi oqimi);
• Neytronlar (n°) oqimi.
Ionlashtiruvchi nurlanishning xossalari.
Ionlashtiruvchi nurlanish - bu nurlantiriluvchi obyekt atom va molekulalari-ni bevosita yoki bilvosita qo‘zg‘algan holatga o‘tkazish xossasiga ega bo‘lgan zarrachalar yoki kvant oqimi hisoblanadi. Radiatsion nurlanish moddaga singish, moddani ionlashtirish xossasiga ega hisoblanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling