Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Dozi va o’lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar. Reja
Download 0.63 Mb.
|
2-ma\'ruza
Nurlanish dozasi (Dn) - bu nurlanish vaqti davomida modda og‘irlik birligiga (m) nisbatan yutilgan radioaktiv nurlanish energiyasi (Wn) bilan tavsiflanuvchi kattalik (yutilgan doza) hisoblanadi.
; Nurlanish dozasi joul/kg, shuningdek, Grey (Gr) yoki Rad (Rad-Radiation absorbed dose) o‘lchov birligida o‘lchanadi (1 rad-10-2 Gr). Demak, nurlanish dozasi yoki yutilgan doza (D) - berilgan hajmda modda og‘irlik miqdoriga (Δm) bo‘lib chiqilgan, ma’lum bir aniq elementar hajmda moddani nurlantirish uchun berilgan o‘rtacha energiya qiymatini (Wn yoki ΔE) ifodalaydi: D=ΔE/Δm; Xalqaro o‘lchov birliklari tizimida yutilgan doza qiymati o‘lchov birligi Grey (Gr) hisoblanadi: 1Gr=1J/kg; Shuningdek, yutilgan dozani o‘lchashda Xalqaro o‘lchov birliklari tizimidan tashqari o‘lchov birligi sifatida Rad ishlatiladi: 1Rad =0,01Gr. Ekspotzision doza. Yutilgan nurlanish dozasini bevosita aniqlash qiyin masala hisoblanadi, shu sababli ekspozitsion doza o‘lchov birligidan ham foydalaniladi. Ekspotzision doza. (X) - bu nurlanish yutiluvchi biologik obyekt yaqinida joylashgan havo muhitining 1 kg quruq massasiga nisbatan hosil bo‘lgan ion zaryadlari miqdoriga teng qiymat hisoblanadi: ; Ekspozitsion dozaning o‘lchov birligi Kulon/kilogramm (kl/kg) yoki Rentgen (R) bilan ifodalanadi (1 Kl/kg). Ekspozitsion doza dozimetr asbobi yordamida o‘lchanadi va olingan natijalar bo‘yicha, biologik obyekt tomonidan yutilgan nurlanish dozasi hisoblanadi: Dn=f·X; Bu yerda: f-radioaktiv nurlanishni yutuvchi biologik to‘qima turiga bog‘liq oeffitsiyent bo‘lib, yumshoq to‘qimalar uchun ~1 ga teng hisoblanadi. Ushbu formuladan faqat, har ikkala nurlanish dozasi qiymatlari rad va Rentgen birliklarida o‘lchangan holatda foydalanish mumkin. Demak, ekspozitsion doza (X) - ma’lum bir nurlantirish vaqti davomida obyektga tushuvchi nurlanish energiyasi miqdorini ifodalaydi: X=Δa/Δm; Bu yerda: Да- kichik hajmdagi havo muhitida foton ta’sirida yuzaga keJgan barcha ikkilamchi elektronlar tormozlanishi natijasida hosil bo’lgan, bir xil ishorali ionlaming to‘liq zaryadi; Δm - berilgan hajmdagi havoning og'irlik qiymatini ifodaydi. Ekspozitsion doza qiymati Xalqaro o‘lchov birliklari tizimida Kl/kg da ifodalanadi, shuningdek, Xalqaro o’lchov birliklari tizimidan tashqari o’lchov birligi sifatida Rentgen (R) ishlatiladi: 1 Rentgen=2,58·10-4 Kl/kg. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling