Reja: Demografiya
Download 0.82 Mb.
|
Atrof-muhit va demografik siyosat-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atrof-muhit va demografik siyosat
Bajardi: Valiyev Javlonbek Gurux :22-5 Reja: 1.Demografiya 2.Atrof-muhit va demografik siyosat Demografiya Demografiya (qadimgi yunoncha: δῆμος - demos — xalq va γράφω - grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. Demografiyaning paydo boʻlishi asosan 17-asrning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620— 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855 yilda fransuz olimi A. Giyar qoʻllagan. 1882 yil Xalqaro gigiyena va demografiya kongressining Jeneva sessiyasida rasmiy qabul qilingan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida keng tarqaldi. Oʻzbekistonda, asosan 1960 yilardan qoʻllanila boshladi. Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini koʻrsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oila-viy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini oʻrganish; demografik bashorat (maʼlum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi aholining miqdoriy oʻsishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab chiqish. Demografik tadqiqot usuli — statistik, tarixiy taqqoslash, haritagrafik, sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari ham oʻrganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir. Atrof-muhit va demografik siyosat Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu talabga ko’ra O’zbekistonning har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to’la amal qilishi shartdir. Ilmiy-texnik taraqqiyot va uning bilan bog’liq tabiiy muhitning buzilishi muhofazani kuchaytirish, alohida resurslardan foydalanishni huquqiy tartibga solish uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» (1993); «Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida» (1993); «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» (1996); «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997) va boshqa qonunlar qabul qilingan. Mavjud qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning ekologik huquqlariga katta o’rin berilgan. Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir yetish quroli hisoblangan yoqi bevosta shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish; 3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan(masalan, ov qilish huquqidan) mahrum yetish. Ekologik jinoyat sodir yetishda aybli deb topilgan Shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) muayyan huquqdan mahrum qilish; 3) ahloq tuzatish ishlari; 4) qamoq; 5) ozodlikdan mahrum qilish. Qo’shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo’llanilishi mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling