Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Kondensatorlarning elektrga chidamliligi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Kondensatorlarning elektrga chidamliligi nominal va sinov
kuchlanishi, shuningdek, haddan tashqari kuchlanish bilan
tavsiflanadi. Kondensator texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan sha-
roitda, minimal ishlash muddatida mumkin bo‘lgan maksimal
kuchlanish, nominal kuchlanish hisoblanadi. Sinov kuchlanishi
nominaldan yuqori bo‘lib, kondensatorning elektrga chidamlili-
gini tekshirishga xizmat qiladi. Haddan tashqari kuchlanish ham
nominaldan katta bo‘lib, uni kondensatorning chiqish simlariga
qisqa muddatga berilishi mumkin.
Kondensatorlar izolatsiyasining qarshiligi adsorbsiya toki va
namlikning sirtdagi dissotsiatsiyasi oqibatida paydo bo‘ladigan
sizilish toklari bilan belgilanadi. Izolatsiya qarshiligi temperatura
va atrof-muhitning namligiga bog‘liq, shuning uchun uni va
kondensatorning barqaror ishlashini oshirish uchun ular ger-
metik qilib ishlanadi. Keramik, sludali va yupqa pardali konden-
satorlarning izolatsiya qarshiligi 10
4
10
5
MOm, qog‘ozli va
metall-qog‘ozlilarniki 10
7
10
8
MOm ni tashkil etadi. Elektrolitik
kondensatorlarda sizilish toklari ancha yuqori (milliamperning
ulushi) bo‘ladi.
Kondensatorlarning chastotaviy xossalari parazit induktivlik
va aktiv sarflanishlar bilan tavsiflanadi. Ko‘pgina kondensa-
torlarning parazit induktivligi chiqish uchlari konstruksiyasiga,
shuningdek, rulon ko‘rinishidagi kondensatorlar qoplamalari
orasidagi o‘zaro induksiyaga bog‘liq. Uchlar qanchalik yo‘g‘on va
kalta bo‘lsa, parazit induktivlik shunchalik kam bo‘ladi. Qog‘ozli
va metall-qog‘ozli kondensatorlar parazit induktivlikni kamayti-
rish uchun «induksiyasiz» o‘rov qo‘llaniladi (7.6-a rasm):
qoplamalardan birining chiqarilgan o‘ramlari bir tarafdan, ikkin-
chisiniki esa, qarama-qarshi tomondan metall bilan qoplanadi
yoki chiqish uchlari simmetrik joylashtiriladi (7.6-b rasm).


145
Bunda kondensatorga kirayotgan va undan chiqayotgan tok
qoplamalarda qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘z induk-
siyasini munimumga keltiradi.
Aktiv sarflanishning qandayligiga qarab (dielektrikda yoki
qoplamalar va chiqish uchlarida) kondensatorlarning ekviva-
lent sxemalari turli ko‘rinishda bo‘ladi.
Yuqori chastotali kondensatorlarning ekvivalent sxemalari
uchun chiqish uchlarining L
R
parazit induktivligi va dielektrik-
dagi r
R
sarflar xosdir (7.7-a rasm). Qog‘ozli va yupqa pardali
past chastotali kondensatorlarning ekvivalent sxemasi 7.7-rasmda
ko‘rsatilgandagiga o‘xshashdir. Elektrolitik kondensatorlarning
ma’lum chastotada qo‘llanishining asosiy cheklanishi elektro-
litdagi r
e
sarflanishdir. Masalan, 7.7-b rasmda keltirilgan sxema-
dan ko‘rinib turibdiki, elektrolit kondensatorlarning mumkin
7.6-rasm. Qog‘oz kondensatorlarning parazit induktivligini
kamaytirish: a—«induksiyasiz» o‘ram bilan; b—chiqish uchlarini
simmetrik joylashtirish; 1—qog‘oz; 2—folga; 3—qoplamalarni
yoyish; 4—barmoqchasimon uchlarni o‘rnatish.


1
2
I
I
I
I
3
4
b
a
H=0


146
bo‘lgan qo‘llanish sohasi doimiy tok va tovush chastotalari
bo‘yicha diapazon bilan cheklanadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling