Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Keramik naychasimon o‘tish (KTP) va tayanch (KO) kon-


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Keramik naychasimon o‘tish (KTP) va tayanch (KO) kon-
densatorlari 750 V gacha bo‘lgan kuchlanishda filtrlovchi sifatida
ishlatiladi, apparatura shassisiga metall rezbali gardish yordamida
burab o‘rnatiladi. Keramik yuqori voltli impulsli kondensatorlar
(KVI) 5 dan 15 kV gacha bo‘lgan kuchlanish zanjirlarida
ishlatiladi, odatda, silindr shaklida bo‘lganda egiluvchan aksial
chiqish simlariga ega, qisqartirilgan yassi silindr ko‘rinishidagi
kondensatorlarda esa, yon tomonlarida presslangan rezbali
vtulkalar bo‘ladi. Bu kondensatorlar televizion qabul qilgichlar-
ning yuqori voltli to‘g‘rilagichlarida qo‘llaniladi.
Keramik jajji K10 kondensatorlaridan mikrosxemalar va
mikroyig‘ilmalarning komponentlari sifatida foydalaniladi.
Sludali presslangan KSOT va K21U-3E kondensatorlari
turlicha bo‘lib, o‘lchamlari, massalari, chiqish uchlari (simli,


149
tasmali, rezbali) bilan farq qiladi va yuqori chastota zanjirlarida
konturga oid va ajratuvchi sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlar
barqarorligiga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi, korpusda A, B, D va
E harflari bilan belgilanadi. E guruhdagi kondensatorlar (metall
qoplamali) eng barqaroridir, chunki ularning STK si, asosan,
folganing emas, balki dielektrik (sluda) ning KTRsi bilan bel-
gilanadi.
Kondensatorlarga sterezin shimdiriladi va termoreaktiv
plastmassa bilan presslanadi.
Shisha kondensatorlar (K21-7) yuqori chastota, shuning-
dek, impuls qurilmalarida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, tropik
sharoitga moslab ishlab chiqariladi va bosma platalarga o‘rnatiladi.
Shisha-keramika K22-4 kondensatorlari germetiklangan
mikrosxemalarda ishlatiladi.
7.4. O‘zgarmas sig‘imli past chastotali
kondensatorlar
Past chastotali o‘zgarmas, pulslanuvchi va o‘zgaruvchan tok
zanjirlarida filtrlovchi, blokirovka qiluvchi va ajratuvchi konden-
satorlar sifatida katta nominal sig‘imli kondensatorlar ishlatiladi.
Qog‘ozli, metall-qog‘ozli, yupqa-pardali va, ayniqsa, elektroli-
tik, shuningdek, oksid-yarimo‘tkazgichli kondensatorlar shun-
day kondensatorlar hisoblanadi.
Qog‘ozli, metall-qog‘ozli va yupqa pardali kondensatorlar,
ko‘pincha, ajratuvchi va blokirovka qiluvchi sifatida, kichik
sig‘imli yupqa pardalilari konturlarida, katta sig‘imli qog‘ozlilari
esa past chastotali filtrlarda ishlatiladi.
Qog‘ozli, metall-qog‘ozli va yupqa pardali kondensator-
larning ba’zilarining tuzilishlari 7.9-a, g, rasmda keltirilgan.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling