Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


O‘zgaruvchan sig‘imli havo


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

7.5. O‘zgaruvchan sig‘imli havo
kondensatorlari
Radio qabul qilgich yoki radiouzatgich ish chastotasini
qayta o‘zgartirish uchun tebranish konturining induktivligi yoki
sig‘imi o‘zgartiriladi. Yer yuzasidagi qurilmalarda, ko‘pincha,
konturning sig‘imi o‘zgartiriladi. Buning uchun o‘zgaruvchan
havo kondensatorlaridan foydalaniladi. Rotor plastinalarining
statornikiga nisbatan burilish burchagiga qarab ular orasidagi
sig‘imning amaldagi qiymati o‘zgaradi. Bunda o‘zgaradigan
kattalik plastina maydoni hisoblanadi, tirqish va dielektrik
doimiysi esa o‘zgarmay qoladi.
Keng eshittirish chastotalar diapazonida to‘g‘ri chastotali,
to‘g‘ri sig‘imli, to‘g‘ri to‘lqinli, hajmiy logarifmik va chastota
logarifmik kondensatorlar ishlatiladi. Ularda rotorning burilish
burchagiga mutanosib holda, mos ravishda, chastota, sig‘im,
to‘lqin uzunligi yoki logarifmik qonunga ko‘ra sig‘im va chastota
o‘zgaradi.
O‘zgaruvchan havo kondensatorlari tuzilishining asosiy xa-
rakteristikasi plastinalar orasidagi tirqishdir. U kondensa-
torlarning elektrga nisbatan chidamliligi, barqarorligi, o‘lcham-
larga nisbatan qo‘yiladigan shartlar va texnologiya imkoniyat-
lariga qarab tanlanadi. Uzatuvchi qurilmalar uchun konden-
satorlardagi millimetrning o‘ndan bir ulushiga qadar va undan
kichik bo‘lishi kerak. Bunda impulsda elektr chidamlilik va
generatsiya qilinadigan chastotalarning yuqori barqarorligi ta’min-
lanadi, biroq o‘lchamlar keskin kattalashib ketadi. Generatsiya
chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, plastina shuncha kam kerak
bo‘ladi. Shuning uchun o‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorlar
KB (QT) va ÓKB (UQT) uzatgichlarida nisbatan ma’qul o‘l-
chamlarga ega.


156
Radio qabul qilish qurilmalaridagi o‘zgaruvchan kondensa-
torlar uchun tirqish, asosan, kichik o‘lchamlar olish shartlari va
barqarorlikka bo‘lgan talab asosida tanlanadi. Talab etiladigan
barqarorlik qanchalik yuqori bo‘lsa, tirqish va kondensatorning
o‘lchami shunchalik katta bo‘ladi. Chastotaning avtomatik mosla-
gichi bo‘lgan qabul qilish qurilmalarida kichik o‘lchamli konden-
satorlar ishlatish muhimdir. Ikkinchi va uchinchi sinf qabul
qilgichlariga ham shunday talab qo‘yiladi. Biroq texnologiyaning
imkoniyatlari mumkin bo‘lgan minimal tirqishni 0,15—0,2 mm
qilib cheklaydi. Odatda, tirqish 0,5—1 mm ga teng qilib olinadi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling