Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Keramik, kichik o‘lchamli paketsimon KM-6 (yaxlit) kon-


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Keramik, kichik o‘lchamli paketsimon KM-6 (yaxlit) kon-
densatorlari paketga presslangan plastinkalar qalinligining
kichikligi (0,2 mm) yoki dielektrik doimiysi yuqori bo‘lgan
keramika (tikoid-150, segnetto keramika) qo‘llanishi sababli
yuqori solishtirma sig‘imga ega.
Disksimon keramik KDU va KDO kondensatorlari appara-
turaning yuqori chastotali zanjirida kontur, ajratuvchi va filtr-
lovchi (tayanch) kondensatorlar sifatida ishlatiladi. Disk (dia-
metri 8,5—16,5 mm, qalinligi 2—5 mm) qoplamalariga parallel
7.8-rasm. Yuqori chastotali kondensatorlar:
a—KLG; b—KM=6; d—KD=2D; e—KT=1; f—KTP («0» variant);
g—K10=17 (a va b variant); h—K10=50; i—K15=5;
j—KSOT; k—K22=4.
a
b
d
e
f
k
j
i
h
g
MS=1
MS=1


148
yoki tik qilib kavsharlangan qisqa, yo‘g‘on, tasmasimon chi-
qish uchlari bo‘lgan KDU kondensatorlari kichik xususiy
induktivlikka ega va ular 500 MHz gacha bo‘lgan chastotalarda
qo‘llanilishi mumkin. KDO (filtrlovchi) kondensatorlar dielek-
trik disk o‘rnatilgan, rezba vtulkali metall gardishga joylashtiril-
gan bo‘ladi. Musbat uchi tasmasimon bargcha ko‘rinishida
bo‘lib, manfiy uchi esa, rezba vtulkadan iborat. Shu vtulka
yordamida kondensator metall asosga burab o‘rnatiladi. KD-2E
(disksimon yuqori ishonchli) kondensatorlaridan konturlarda
foydalaniladi. Ularning diametri 6—10 mm, qalinligi 7 mm ga
yaqin.
Keramik, naychasimon KT, KT-1E va KT-2E kondensa-
torlari yuqori aniqlik, barqarorlik va ishonchlilikka ega bo‘lib,
ko‘pincha konturlarda ishlatiladi, o‘lchami (3,57)x(1050) mm
va chiqish uchlari — radial, egiluvchan simga ega. KT-1E va
KT-2E (ishonchliligi yuqori) kondensatorlari tuzilishiga ko‘ra
OMLT rezistorlariga o‘xshaydi (naychalarga, aksincha, chiqish
simlari bo‘lgan qalpoqchalar kiydirilgan).

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling