Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Kondensatorlar sig‘imining barqarorligi


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Kondensatorlar sig‘imining barqarorligi uning temperatura,
eskirish, namlik, fon nurlanishi va boshqalar kabi barqarorlikni
buzuvchi omillar ta’sirida o‘zgarishi bilan belgilanadi.
Temperatura eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Uning sig‘imining katta
bo‘lmagan kondensatorlar sig ‘i mi ga ta’siri si g‘imni ng
temperatura koeffitsiyenti (1/°C) bilan baholanadi:
0
,



C
CTK
C
t


143
bu yerda, C
0
— kondensatorning normal temperaturadagi
koeffitsiyenti (pF);
C — sig‘imning temperatura t ga o‘zgargandagi chetla-
nishi (°C).
Ko‘pchilik kondensatorlar uchun temperaturaning ishchi
diapazonlarida CTK ning o‘zgarmasligi kuzatiladi, ya’ni sig‘im-
ning temperaturaga bog‘liqligi chiziqli qonunga yaqin ekan. Bu
hol, ayniqsa, yuqori chastotali keramik kondensatorlarga xosdir.
Ularda CTK harf (P—plus, M—minus, MPO—nol) va CTK
ning 10
-5
·1°/C ga ko‘paytirilgan qiymatini ko‘rsatuvchi raqam-
lar bilan belgilanadi. Bunda kondensatorlar ma’lum rangdagi
emal bilan bo‘yaladi va belgi yozuvi bo‘ladi (yoki bo‘lmaydi).
Kulrang rangga bo‘yalgan qizil belgili kondensatorlar P6040
barqarorlik guruhiga ega, ya’ni ularda CTK +(6040)·10
-6
1/°C;
yashil rangga bo‘yalgan belgisiz kondensatorlar M1500250
barqarorlik guruhiga ega, ya’ni ularda CTK=—(1500250)·10
-6
1/°C. To‘q sariq rangga bo‘yalgan kondensatorlar chiziqsiz o‘z-
garish qonunlariga va N harfi bilan belgilanuvchi barqarorlik
guruhiga ega; bu harfdan so‘ng temperaturaning eng oxirgi qiy-
matlaridagi sig‘imining o‘zgarishini (%) ko‘rsatuvchi raqam
yoziladi. Masalan, to‘q sariq rangli, qizil nuqtali kondensatorlar
(N20) barqarorlik guruhiga ega, ya’ni eng oxirgi temperaturada
ularda sig‘im chetlanishi 20% ni tashkil etadi. Keramik kon-
densatorlarning barqarorlik guruhlarining to‘la ro‘yxatini va
ularning ranglar asosida markalanishi qoidalarini ma’lumot-
nomalardan topish mumkin.
Katta sig‘imli past chastotali kondensatorlar (qog‘oz, yupqa
parda, elektrolit va oksid-yarimo‘tkazgichli) sig‘imning tempe-
raturaga qarab o‘zgarish qonuni, odatda, nochiziqlidir. Shuning
uchun bu kondensatorlarning temperaturaning oxirgi qiymatla-
ridagi sig‘imining chegaraviy chetlanishlari bilan foizlarda baho-


144
lanuvchi temperatura barqarorligi yuqori chastotali kondensa-
torlarnikiga qaraganda ancha pastdir.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling