Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Quyma seksiyalarga bo‘lingan konstruksiyalar


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Quyma seksiyalarga bo‘lingan konstruksiyalar KSL (kera-
mik quyma seksiyalarga bo‘lingan) va KLG (keramik quyma
germetiklangan) keramik kondensatorlarga xosdir (7.4-rasm). Bu
kondensatorlar qaynoq keramikani quyish yo‘li bilan tayyor-
lanadi. Devorining minimal qalinligi 100 mkm, ular orasidagi
havo tirqishiniki esa — 130—150 mkm bo‘ladi. Qoplamalar
devorlar sirtida kumush pastaga tiqib olish va uni kuydirish
yo‘li bilan hosil qilinadi. Seksiyalarni kommutatsiya qilish
uchun ariqchasimon o‘yiqlarining yon tomonlari silliqlanadi va
umumiy qoplama hosil qilinadi, shundan so‘ng bu qoplamalarga
7.3-rasm. Disksimon keramik kondensator:
a—umumiy ko‘rinishi; b—tuzilishi;
1—simli chiqish uchi; 2, 4—yuqori va pastki kumush qoplama;
3—kavshar; 5—keramik disk.
a
b
5
4
3
2
1


138
simli chiqish uchlari kavsharlanadi. So‘ngra kondensatorlar lokla-
nadi, rangli emal bilan qoplanadi yoki nuqta qo‘yish yo‘li bilan
temperatura barqarorlik guruhlari bo‘yicha markalar qo‘yiladi.
Rulon ko‘rinishidagi konstruksiyalar quruq qog‘ozli, pardali
va elektrolitik kondensatorlarga xosdir. Qog‘oz va pardali
kondensatorlar yoki parda bilan ajratilgan folga qoplamalarni
(qog‘ozning qalinligi 5 mkm dan, pardaniki 10—20 mkm dan,
aluminiy qoplamaniki 80 mkm dan kam emas) birgalikda
rulon holida o‘rab tayyorlanadi. Metall-qog‘oz va metall-pardali
kondesatorlar qoplamalari dielektrikdan qilingan tasma sirtiga
yupqa metall qatlam (mikrometrning yuzdan bir ulushlarida)
qoplash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Elektrolitik kondensatorlar ikkita qoplama (oksidlangan va
oksidlanmagan) tasmalari orasiga elektrolit shimdirilgan qog‘oz
7.4-rasm. Quyma seksiyalarga bo‘lingan
keramik kondensator:
1—keramik zagotovka; 2—chiqish qoplamasi sirti;
3—havo tirqishi.
À
À
3
2
1
À-À


139
yoki xom surp tasmasini kiritib, ularni rulon ko‘rinishida o‘rab
tayyorlanadi. Mikrometrning yuzdan bir ulushi qalinligidagi
aluminiy (=10) yoki tantal (=25) ning oksidlangan pardasi
dielektrik rolini bajaradi.
Dielektrikning kichik qalinlikda bo‘lishi elektrolitik konden-
satorlar yuqori solishtirma sig‘imda bo‘lishligini ta’minlaydi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling