Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall-qog‘ozli kondensatorlar
Qog‘ozli kondensatorlar dielektrikning qalinligi kichik bo‘l-
ganligidan (5 mkm gacha) yuqori solishtirma sig‘imga ega, 150 yetarlicha temperaturaga bardoshli va arzon narxda ishlab chi- qariladi. Metall-qog‘ozli kondensatorlar yana ham yuqori solishtirma sig‘imga ega, chunki ular juda yupqa (1 mkm) aksial chiqish uchlariga ega va bir tarafi yassilangan. Korpus diametri 513 mm, uzunligi 1436 mm. K72-9 kondensatorlar (ftoroplastli) termobardosh, zarbga chidamli. Ular aksial chiqish uchlari bo‘lgan silindrik korpusda ishlab chiqariladi. Ftoroplastli kondensatorlar ichida issiqbardosh FT (+200°C gacha) kondensatorini ko‘rsatib o‘tish kerak. Ular nominal sig‘imi va ish kuchlanishiga qarab uch xil korpusga ega. Biroq o‘lchamlarining ancha kattaligi sababli ular mikroelektron apparaturalar uchun yaroqsizdir. 200 dan 500 V gacha bo‘lgan kuchlanishni o‘zgarmas tok zanjirida dozimetrik kondensator sifatida qo‘llaniladigan K72-1, K72-4, K72-8 va FB-1 ftoro- plast kondensatorlari alohida guruhni tashkil etadi. Ularning sig‘imi 500 pF dan oshmaydi, massasi esa 7,5 g. To‘g‘ri burchak shaklidagi K73P-3 kondensatorlari (polieti- lentereftalatli) diametri 622 mm va uzunligi 1848 mm bo‘lib, aksial chiqish uchlariga ega: ikki yon tomoni yassilangan. 7.9-rasm. Qog‘ozli, metall-qog‘ozli va yupqa pardali kondensatorlar: a—K24R-5; b—K71-5; d—K71-7; e—K73-16; f—K75-24; g—K77-26. a b d e f g 151 Silindrsimon shakldagi K73-22 kondensatorlari (o‘tishga oid, kichik o‘lchamli, polietilentereftalatli) ning diametri 69 mm va uzunligi 1820 mm, bir tomonida o‘ziga xos ko‘rinish- dagi izolator — kallakka ega. Shu kallak orqali asosiy chiqish uchi o‘tadi, ikkinchi uchi esa qarama-qarshi tomonda bo‘lib, korpusga ulangan. K73-18 kondensatorlari (o‘tishga oid, zichlangan, polieti- len-tereftalatli) tuzilishiga ko‘ra K73-22 larga o‘xshash, 30 V kuchlanishda 0,15 dan 1000 MHz gacha bo‘lgan diapazonda radioxalaqitlarni yo‘qotishga mo‘ljallangan, nominal sig‘imi 0,27 mkF, massasi 5,5 g dan ortiq emas. K75 guruhidagi (kombinatsiyalangan) kondensatorlar yuqori ish kuchlanishi (50 kV gacha), katta nominal sig‘imi (10 mkF gacha) va katta massasi (6 kg gacha) bilan xarakterlanadi. Bularning ichida K75-24 («a» varianti) kondensatorlari massa va o‘lchamlariga ko‘ra eng kichiklari hisoblanadi: diametri 824 mm, korpus uzunligi 3652 mm, massasi 7,570 g bo‘lib, nominal sig‘imi 2,2 mkF dan katta emas. K76-5 kondensatorlari (lok pardali germetik) dielektrikning qalinligi 3 mkm bo‘lib, K73-22 kondensatorlarinikiga o‘xshash shaklga ega. K77-1 kondensatorlari (yarimkarbonatli) juda yuqori so- lishtirma va issiqbardoshlikka ega. K77-2 kondensatorlari (yarimkarbonatli, doirasimon) mas- sasi 2 dan 10 g gacha bo‘lib, ikki xil aksial chiqish uchli va bir tomonda parallel chiqish uchlari bo‘lgan holda (ikkala holda ham yon tomonlari yassilangan) bo‘ladi. Pardali kondensatorlarda sig‘imning temperatura koeffi- tsiyenti +1500 · 10 -6 1/°C dan oshmaydi. Elektrolitik va yarimo‘tkazgichli kondensatorlar katta solish- tirma sig‘im va energiyaga ega. Ularning kamchiligi parametr- larining barqaror emasligi, sig‘imining past temperaturalarga 152 bog‘liqligi, chastotalar diapazoni cheklanganligi (o‘zgarmas va pulslanuvchi past chastotali toklar), ba’zi bir turlarining qutb- liligi (kondensatorning faqat ma’lum bir kuchlanish fazasida ishlay olishi) dan iborat. Shuning uchun ular filtrlovchi, ba’zan blokirovka qiluvchi sifatida ishlatiladi va dielektrikning materialiga qarab elektrolitik aluminiyli, tantalli, niobiyli va oksid-yarim- o‘tkazgichli bo‘lishi mumkin. Elektrolitik kondensatorlarda elektrolitlar sifatida kislota va ishqorlarning konsentratsiyalangan aralashmalari ishlatiladi. Oksid-yarimo‘tkazgichli konden- satorlarda elektrolit o‘rniga qattiq holdagi yarimo‘tkazgich — marganes oksidi MnO 2 ishlatiladi. Elektrolitik va oksid-yarimo‘tkazgichli kondensatorlarning asosiy parametrlari 7.1-jadvalda, ularning ba’zilarining tuzilishi esa, 7.10-a—f rasmlarda keltirilgan. K50-15 (elektrolitik aluminiyli) kondensatorlar o‘ziga xos uch (qutblilari uchun) yoki besh (qutblimaslari uchun) o‘ramli b a d e f 7.10-rasm. Elektrolitik va oksid-yarimo‘tkazgichli kondensatorlar: a—K50-15; b—K52-1V; d—K53-6A; e—K53-28; f—K53-30. ÌÇ-1 153 cho‘zilgan silindrsimon shaklda bo‘lib, yuqori ishonchlilikka, mexanik yuklanishga bardoshlilikka, issiqbardoshlikka, uzoq muddat ishlash xususiyatiga va elektr xarakteristikalarining barqarorligiga ega. Korpusning diametri 9 va12 mm, uzunligi 28, 35, 60, 70 mm. Ular normal va tropik iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqariladi. K50-29 kondensatorlari (elektrolitik aluminiyli) nominal sig‘imlar va ishchi kuchlanishning keng diapazoniga ega, uni qutbli, silindrsimon shaklda, aksial chiqish uchili, ikki yon tomoniga kompaund qo‘yilgan bo‘ladi. Korpusining diametri 621 mm, uzunligi 21,550 mm. K50-31 kondensatorlari ham shunday shaklda (diametri 6 dan 3,5 mm gacha, uzunligi 21,5 dan 33 mm gacha), lekin nisbatan kichik sig‘imli bo‘ladi. K52-1B kondensatorlari (tantalli, hajmiy g‘ovak) diametri 37,5 mm va uzunligi 1122,5 mm bo‘lgan kumush silindr- simon korpusda bo‘lib, normal va tropik iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqariladi. Tantal oksidining kukunidan qilingan hajmiy g‘ovak anodning qo‘llanilishi uning suyuq elektrolitga (xlorid va azot kislotalar aralashmasi) tegib turish sirtini oshiradi. Shu- ning uchun katta nominal sig‘imli bunday kondensatorlar unchalik katta bo‘lmagan massa va o‘lchamga ega bo‘ladi. K52-9 va K52-10 (tantalli, hajmiy g‘ovak) kondensatorlar silindrik shaklda, diametrlari, mos ravishda, 4,87,5 mm va 37,5 mm li va uzunligi 1822 mm va 1124 mm bo‘ladi. K52-9 (germetik) kondensatorlari issiqbardoshroq. K52-10 (zichlash- tirilgan korpuslarda) esa, o‘lchami va massasiga ko‘ra kichikroq, lekin past nominal ishchi kuchlanishga ega. Oksid o‘tkazgichli nisbiy va tantalli kondensatorlar elektro- litik kondensatorlarga nisbatan katta bo‘lmagan hajm va massaga ega, chunki ularda elektrolit o‘rnida yarimo‘tkazgich oksidning yupqa pardasi ishlatiladi, shunga ko‘ra ularning nominal kuch- lanishi ham pasayadi. 154 K53-4 kondensatorlari (niobiyli) da marganes oksidining yarimo‘tkazgich pardasi o‘lchamni kichraytirishga (diametri 7,2 mm, uzunligi 7,516 mm) imkon beradi. K53-6A (tantalli) kondensatorlari diametri 10,5 mm va uzunligi 18,2 mm bo‘lgan silindrsimon korpusga ega bo‘lib, ularning sig‘imi va ish kuchlanishi kichik, issiqbardoshligi yuqori, massasi esa unchalik katta emas. K53-15, K53-16 va K53-17 kondensatorlari gibrid integral sxemalarning osma korpussiz komponentlari sifatida ishlatiladi, nisbatan katta bo‘lmagan nominal sig‘imga va ishchi kuch- lanishga ega, lekin mexanik yuklanishlarga ancha bardoshli va massasi kichik, chiqish simi yo‘qligi sababli ularni bevosita mikroyig‘ilmaning kontakt yuzachasiga qalaylash yoki payvand- lash mumkin. K53-22 kondensatorlari to‘g‘ri burchakli korpusining o‘l- chamlari (24)x(3,1)x6 mm bo‘lib, bitta (musbat) aksial chi- qish uchiga ega. K53-25 kondensatorlari (chiqish simisiz, himoyalanma- gan) ham to‘g‘ri burchakli korpusda (o‘lchami (4,517)x (416)x1 mm) bo‘lib, yuqori qismida mikroyig‘ilmaning kon- takt yuzasiga ulash uchun qalaylangan kontakti bor. Diametri (3,210) mm va uzunligi (7,525) mm bo‘lgan silindrsimon shakldagi K53-27 kondensatorlari ikkita aksial chi- qish uchiga ega. (7,117)x(1020)x2,5 mm o‘lchamli to‘g‘ri burchak shakli- dagi K53-28 kondensatorlari to‘rtta aksial chiqish uchiga (har birining yonida 2 tadan) ega bo‘lib, termobardoshli va bosma platalarga o‘rnatishga mo‘ljallangan. O‘ziga xos kolbasimon shakldagi K53-30 kondensatorlari folgadan ishlangan shokildasimon chiqish uchlariga ega bo‘lib, balandligi 49,5 mm va 44,5 mm dir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling