Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Yuqori chastotali rezistorlar va
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
6.7. Yuqori chastotali rezistorlar va
O‘YCH rezistorlari 10 MHz dan yuqori bo‘lgan radiochastotalarda o‘z qar- shiliklarini deyarli o‘zgartirmaydigan rezistorlar yuqori chasto- tali rezistorlar hisoblanadi. Bunday rezistorlarning qarshiligi kichik (birlik Om lardan bir necha yuz Om gacha), aniqligi (520)% va barqarorligi o‘rtacha (QTK 5·10 -4 1/°C) bo‘ladi. Nominal sochilish quvvati 0,1—200 W oralig‘ida, ishchi kuchlanishi bir necha yuz voltdan oshmaydi, qarshiligi esa, eskirish jarayonida 5—15% dan ortiq o‘zgarmaydi. Yuqori chastotali rezistorlar, odatda, apparatlarning yuqori va o‘ta yuqori chastota yo‘llarini konstruksiyalashda moslashtiruvchi yuklama sifatida, shuningdek, o‘lchash, qabul qilish-uzatish va radiolokatsiya apparaturasida ishlatiladi. Bu rezistorlarning asosiy xossasi yuqori chastotaligidir, bu xossa kesikning yo‘qligi hisobiga va emal qoplamasining bo‘lmasligi hisobiga ta’minlanadi. Kesik bo‘lmagani uchun rezistorda parazit sig‘im yuzaga kelmaydi, shu sababdan uning qarshiligi chastotaga bog‘liq bo‘lmaydi, chunki sig‘imga asoslangan shunt paydo bo‘lmaydi. Bu hol nominal qarshilik 129 diapazonini cheklaydi (200—300 Om dan katta emas), lekin o‘ta yuqori chastota diapazonida bundan yuqoriroq nominal qarshilik talab etilmaydi. Chiqish simlarining yo‘qligi parazit induktivlikni minimumga keltiradi. Bu ham rezistorlarning foy- dalanish chastota diapazonini kengaytiradi va nihoyat, emal qoplamining bo‘lmasligi dielektrikning tok o‘tkazuvchi qatlamga bo‘lgan shuntlovchi ta’sirini kamaytiradi va O‘YCH diapazonida cheklovchi omil bo‘lgan sochiluvchi quvvatning rezistorlar sirtidan issiqlik tarqatishini yaxshilaydi. Yuqori chastotali rezistorlarning ba’zi bir turlari 6.13- a, b rasmda keltirilgan. O‘YCH rezistorlari alohida guruhni tashkil etadi va 10 GHz gacha bo‘lgan chastotalarda ishlay oladi. Bu rezistorlar — 60°Ñ dan +85°C gacha va hatto +125°C gacha temperatura diapazonida, 7,5 dan 40 g gacha bo‘lgan tebranishlar, 35 dan 150 g gacha bo‘lgan zarbalarda, 666 dan 1,33 · 10 -4 Pa gacha bo‘lgan past atmosfera bosimida ishlashga mo‘ljallangan. 6.13-rasm. Yuqori chastotali, yuqori megaomli, yuqori voltli va maxsus rezistorlar: a—MON-0,5; b—S5-32T; d—KIM-E; e—S3-6; f—STZ-14 termorezistorlari; g—SF2-5 fotorezistori; h—magnitorezistor. a b d e f g h |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling