Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Asos olish uchun asosiy materiallar
Download 4.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
Asos olish uchun asosiy materiallar. Sanab o‘tilgan barcha
talablarga javob beradigan asos mavjud emas. Yupqa pardali mikrosxemalarning asosi sifatida ko‘p hol- larda shisha, keramika va shisha keramika qo‘llaniladi. Eng keng qo‘llaniladigani alumosilikat va borosilikat S41-1 va S48-3 shishalar bo‘lib: ularning issiqlik qaytarish koeffitsiyentlari (1—1,5) W/(m · °Ñ), = 3,2—8, tg = (15—20) · 10 -4 , = 10 7 —10 14 · m, elektr mustahkamligi 40 kV/mm ni tashkil etadi. Bunday asoslar nisbatan silliq sirtga va kichik tannarxga ega. Shishadan yasalgan asoslarning kamchiligi ularning kichik mexanik mustah- kamligi va kichik issiqlik qaytarish xossalari hisoblanadi. 76 Asos sifatida sitallar keng qo‘llaniladi. Uning tavsifnomalari: issiqlik qaytarish koeffitsiyenti 1,5 W/(m · °Ñ), = 5—8,8; tg = 20 · 10 -4 . Sitallar yuqori mexanik mustahkamlikka ega va oson qayta ishlanadi, vakuumda oson gazsizlantiriladi. Asoslari 0,6 dan 1,6 mm gacha o‘lchamlarda bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastinalar ko‘rinishiga ega. Asos sifatida yana past dielektrik singdiruvchanlikka ega keramika 22XS, polikor, sapfir ham qo‘llanilishi mumkin. Ular, asosan, 96% Al 2 O 3 dan tashkil topgan, polikor esa Al 2 O 3 ning nazariy zichligiga ega, sapfir titan bilan temir qorishmasidan iborat. Bu materiallar murakkab ishlab chiqarish texnologiyasini talab qiladilar. Ular yuqori issiqbardoshlikka (ishchi temperaturasi 1600°C gacha), yuqori temperaturalarda katta = 10 7 —10 14 · m va kichik tg = (10—18) · 10 -4 qiymatlarga, o‘ta yuqori mexanik mustahkamlikka va issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. Sapfir KNS (sapfirdagi kremniy) — texnologiya yordamida yarimo‘tkazgichli katta integral sxemalarni tayyorlashda qo‘llani- ladi. Uning asosi KNS strukturali yarimo‘tkazgichlar hosil qilish hisoblanadi. Sapfirda kremniy epitaksial qatlami o‘stiriladi va unda katta integral sxema struktura elementlari hosil qilinadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling