Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/127
Sana02.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1739450
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Elektrovakuum shishalar. Turli elektron asboblar, lampalar-
ning chiqishlari, ballonlar yasashda qo‘llaniladi.


70
Izolator shishalar. Shishalar turli kondensatorlarga germetik
kiritmalar sifatida oson metallashadi. Izolatorlar, asosan, natriyli,
kaliyli va kaliy-natriyli shishalardan yasaladi.
Kondensator shishalar. Kondensatorlar uchun silikat-qalayli
va bariyli shishalar qo‘llaniladi. Bunday shishalar yuqori elektr
xossalarga ega.
Lazerli shishalar. OKG aktiv atomlari uchun matritsa sifatida
shisha ishlatilishi mumkin. Amaliyotda noyob tuproqli ionlar bilan
aktivlashtirilgan bariyli shisha, xususan, neodim Nd
3+
qo‘llani-
ladi. Shishalardan bir jinsli katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan o‘zaklar
(sterjen) yasash oson.
Xalkogenid shishalar. Ular margimush, surma, fosfor, vismut,
talliylarning selenidlari, telluridlari, sulfidlaridan tashkil topgan
kislorodsiz shishasimon qotishmalardan iborat. Bu shishalarning
ba’zi turlari ham elektron yarimo‘tkazgich, ham dielektrik
bo‘lishi mumkin.
O‘tkazuvchi sirtli shishalar. Qo‘rg‘oshin ikki oksidi (SnO
2
)
bilan qoplangan shaffof sirtli elektr izolatsion shishalar eng keng
tarqalgan. Ularda qo‘rg‘oshin oksidi (SnO) va qo‘rg‘oshin metali
(Sn) kiritmalari teng taqsimlangan. Bir necha mikron qalinlikdagi
qavatlar ham 10 dan 40 Om gacha va undan yuqori sirt solishtirma
qarshilikni ta’minlashi mumkin. Xossalariga ko‘ra ularni elektron
yarimo‘tkazgichlarga kiritish mumkin. Hozirgi kunda o‘tkazuvchi
sirtlar uchun titan, indiy va boshqalarning oksid pardalari
qo‘llanilmoqda. O‘tkazuvchi sirtli shishalardan elektroluminissent
kondensatorlar, fotoelementlar, pardali rezistorlar va boshqalarni
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Tola ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan shishalar. Shisha tola
ishlab chiqarishda ishqorli alumosilikat, ishqorsiz hamda kam
ishqorli aluminoborosilikat shishalar qo‘llaniladi. Shisha tolalar
4—7 mkm diametrga ega. Alohida o‘ram qilib buralgan shisha


71
iðlardan shisha mato va lentalar yasaladi. Ular o‘ram simlarining
izolatsiyasiga ishlatiladi. Undan tashqari shisha toladan optik tolalar
yasaladi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling